Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugungi kunda banklar tomonidan qator ipoteka kreditlari taklif etilmoqda. Bu turdagi kreditlar foiz stavkalari, moliyalashtirish manbalari va imtiyozlariga ko‘ra farqlanadi.

“Daryo” qanday qilib kam foizli ipoteka kreditlarini olish va ularda qanday imtiyozlar borligi to‘g‘risida so‘z yuritadi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlar ularning resurs manbasidan kelib chiqib, bir-biridan farq qiladi:

  • Banklarning o‘z mablag‘lari — 22-26 foiz;
  • Yangi tartib doirasida Moliya vazirligi tomonidan banklarga ajratiladigan mablag‘lar — 17-19 foiz;
  • Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari — 18 foiz.

Yangi tartib doirasida Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘lar va banklarning ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.

Yangi tartib bo‘yicha ipoteka kreditlari qanday shartlar asosida beriladi?

Bu turdagi ipoteka kreditlari O‘zbekiston prezidentining quyidagi farmonlariga ko‘ra ajratiladi:

  • O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 28-noyabr sanasidagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni;
  • O‘zbekiston prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni.

Yangi tartibdagi ipoteka kreditlari 20 yil muddatga va dastlabki badali sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda beriladi. 

Bu turdagi kredit birlamchi uy-joy bozorida xonadon sotib olish, yakka tartibda uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilishga mo‘ljallangan. Mijoz o‘z xohishiga ko‘ra 6 oylik imtiyozli davrdan ham foydalanishi mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yangi tartib doirasida qancha miqdorda ipoteka kreditini olish mumkin?

Yangi tartib doirasida har bir hudud bo‘yicha uy-joy hisoblangan qiymati, boshlang‘ich badal va ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori uchun tegishli me’yorlar belgilangan. 

Agarda sotib olinadigan uy-joyning bozor narxi belgilangan qiymatdan yuqori bo‘lsa, quyida keltirilgan kredit summasidan oshgan barcha qismini qarz oluvchi o‘z hisobidan, yoki boshqa ipoteka krediti rasmiylashtirish orqali qoplashi mumkin:

  • Qishloq joylarda narxi 280 mln so‘mdan oshmagan kvartiralar uchun ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori 238 mln so‘mgacha;
  • Viloyat shaharlarida narxi 364 mln so‘mdan oshmagan kvartiralar uchun ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori 309 mln so‘mgacha;
  • Toshkent shahrida narxi 399 mln so‘mdan oshmagan kvartiralar uchun ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori 339 mln so‘mgacha;

Uy-joy narxining belgilangan me’yordan oshgan qismini qoplash uchun olinadigan boshqa ipoteka krediti foizlari va shartlari yangi tartib doirasida ajratiladigan kreditlardan farq qiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ipoteka kreditlari uchun qanday garov mulklari ta’minotga olinadi?

“Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunga asosan, birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari ta’minotiga sotib olinayotgan uyning o‘zi qo‘yiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining farmoniga asosan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti ajratishda ta’minot sifatida fuqarolarga tegishli bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joyning o‘zi yoki boshqa turdagi ta’minot turlari taqdim etilishi lozim.

Ushbu holatda boshqa ta’minot qo‘yilgan bo‘lsa, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) yakunlanib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilganidan so‘ng, ipoteka krediti bo‘yicha ta’minot ushbu uy-joy garoviga almashtiriladi.

Ipoteka kreditini olish jarayonida qarz oluvchidan qanday xarajatlar talab etiladi:

  •  notarial tartibda oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha xarajatlar;
  •  kvartiraning kadastr hujjatlarini tayyorlash xarajatlari;
  •  sug‘urta qilish bo‘yicha xarajatlar.

Yangi tartib doirasida fuqaro kredit olish uchun bankka qanday hujjatlarni taqdim etish kerak?

  • Kredit ajratilishi yuzasidan ariza;
  • Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning pasport nusxasi;
  • Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining (agar mavjud bo‘lsa) daromadlari haqidagi ma’lumotnoma:
  • uy-joy qurgan pudrat tashkiloti bilan kvartirani sotib olish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma;
  • sotib olinayotgan uy-joyning kadastr hujjatlari.

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” mablag‘lari hisobidan ipoteka krediti olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

  •  qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) pasporti asl nusxalari;
  •  dastlabki oldi-sotdi shartnoma;
  •  mustaqil baholovchi tomonidan taqdim etilgan hisobot (ikkilamchi bozor uchun);
  •  qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda ishlangan davr uchun) olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari;
  •  mavjud uy-joylarni ta’mirlash uchun smeta hujjatlari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ipoteka kreditlarini to‘lash uchun qanday imtiyozlar mavjud?

Subsidiyalar dastlabki badalning bir qismini to‘lash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida to‘lanadi. Bunda:

  • Qishloqlarda 28 mln so‘mgacha; 
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 36,4 mln so‘mgacha; 
  • Toshkent shahrida 39,9 mln so‘mgacha qoplab beriladi

Masalan, agarda ipoteka krediti foiz stavkasi 18 foizni tashkil etsa, mijoz dastlabki besh yil mobaynida foiz to‘lovlarining 10 foiz qismini o‘z hisobingizdan, 8 foiz qismini davlat subsidiyalari yordamida to‘lashi mumkin bo‘ladi.

Subsidiyalar aynan kimlarga to‘lanadi?

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlariga asosan 30 va undan yuqori ball to‘plab, subsidiya xabarnomasiga ega shaxslarga ajratiladi.

Subsidiyalar faqatgina ariza beruvchining ro‘yxatdan o‘tgan hududi bo‘yicha bir oilaga faqat bir marta beriladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Subsidiyaga ega bo‘lish uchun qayerga murojaat qilish zarur?

18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston fuqarolari tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali masofaviy tarzda ariza berishi mumkin.

Yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari quyidagi 14 ta bank tomonidan ajratiladi: 

  • “Milliy bank”; 
  • “O‘zsanoatqurilishbank”; 
  • “Kapitalbank”; 
  • “Aloqabank”; 
  • “Hamkorbank”; 
  • “Xalq banki”; 
  • “Ipotekabank”; 
  • “Turonbank”; 
  • “Ipak yo‘li bank”; 
  • “Oriyent finans bank”; 
  • “Asakabank”; 
  • “Agrobank”; 
  • “Qishloq qurilish bank”; 
  • “Mikrokreditbank”.

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan kreditlar quyidagi 7 ta tijorat banki tomonidan ajratiladi: 

  • “Ipotekabank”; 
  • “Asakabank”; 
  • “O‘zsanoatqurilishbank”; 
  • “Agrobank”; 
  • “Turonbank”; 
  • “Qishloq qurilish banki”; 
  • “Hamkorbank”.

Maqolada Markaziy bankning “Finlit.uz” saytidagi ma’lumotlardan foydalanildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi