Misr 2021-yil dekabrida Ukrainadan 240 ming tonna bug‘doy sotib olingani to‘g‘risidagi shartnomalarni bekor qilganini da’vo qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Foto: “Ukraina.ru”
Nashrning ta’kidlashicha, Misrning Tovar yetkazib berish bosh boshqarmasi (GASC) Nibulon va Inerco yetkazib beruvchi kompaniyalarini shartnoma majburiyatlaridan “ozod qilgan”.
Misr hukumati 2021-yil dekabr oyida donning tonnasi uchun 346 dan 360 dollargacha bo‘lgan narxlarda sotib olgan. Biroq Ukrainadagi mojaro tufayli bron qilingan yuklar yetkazib berilmagan.
Avvalroq, Ukraina infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov, Ukraina eksporti darajasi urushdan oldingiga qaraganda 30 foizga oshganini ma’lum qilgandi.
Vazirning aniqlik kiritishicha, eksport hajmining o‘sishiga temir yo‘l aloqasining tiklanishi, chegara postlari o‘tkazuvchanligining yaxshilanishi va yangi o‘tkazish punktlarining ochilishi ta’sir ko‘rsatgan.
Mavzuga doir: G‘alla tanqisligi sabab butun dunyo ochlik xavfi ostida — The Economist
Izoh (0)