Samarqand shahrida Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi — yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda 10 dan ortiq xalqaro va 5 ta milliy tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.
Tadbir doirasida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi 10 ta yangi kitob-albomlar taqdimoti o‘tkazildi. Yangi kitob-albomlardan 25 dan ortiq davlatdan 350 ta olimlar, dunyoga mashhur 100 ta kutubxona va muzeylar haqidagi ma’lumotlar joy olgan.
Bundan tashqari, kongressda Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Orol va Amu qirg‘oqlarida” nomli qadimiy qo‘lyozmaning noyob nashri hamda O‘zbekiston san’atiga oid ikkita durdona asar – "Qoraqalpoq san’ati" va "Bezak: estetika, sehr, ma’no" kitoblari taqdimoti o’tkazildi.
Shuningdek, Yevropaning yetakchi nashri “Mueller & Schindler” buyurtmasi bilan buyuk ajdodimiz Mirzo Ulug‘bek atab yaratilgan noyob qo‘lyozma faksimili namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)