Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov o‘zi o‘qigan maktabni otaliqqa oldi.
U postida Qoraqamish-2/4 Tansiqboyev ko‘chasidagi 134-maktabni o‘z hisobidan otalig‘iga olganini, u yerni sport maydonlaridan tortib o‘qish sifati, kitoblar va o‘qituvchilar malakasini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aprobatsiya maktabiga aylantirmoqchi ekanini yozib qoldirdi.
“Xabaringiz bo‘lsa, men o‘zimning Allamjonov aybdor kitobimda ham maktab darsliklari bo‘yicha katta loyiha boshlaganimizni va maxsus laboratoriya tashkil etganimiz haqida yozgan edim. Xudo xohlasa shu ishlarni ushbu maktab bazasida sinovdan o‘tkazishga qaror qildik. Qoraqamishda ham potensial juda katta. Kim kim — men buni juda yaxshi bilaman”, — deydi fond raisi.
Izoh (0)