Andijon shahrida ijaradagi uyini fohishaxonaga aylantirgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyatida o‘tkazilgan “Oriyat-2022” tadbiri davomida K.G. (ayol) Andijon shahrida joylashgan o‘zining ijara asosidagi yashash xonadonida 400 000 so‘m hamda 800 000 so‘m pullar evaziga xolis mijoz A.Y. va A.O. bilan fuqaro ayol O‘.M.ning jinsiy aloqa qilishi uchun g‘arazli va boshqa past niyatlarda qo‘shib bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan shahar IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)