“Paxtakor” klubi polshalik hujumchi Pshemislav Banashakni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Toshkentliklar Banashakni “Gurnik”dan transfer qilgan. Kelishuvning moliyaviy tafsilotlari ma’lum emas. 25 yoshli futbolchi “sherlar” bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan.
Pshemislav faoliyati davomida “Chelmianka” va “Vizdev” jamoalari safida ham harakat qilgan.
Qayd etish kerak, Banashak “Paxtakor” tarixidagi ilk polshalik futbolchiga aylanadi.
Avvalroq “Paxtakor” yangi bosh murabbiy Maksim Shatskix ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazgandi.
Izoh (0)