Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ning mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.
Portugaliyalik hujumchi Manchesterga qaytdi va klub bilan kelajagini muhokama qiladi.
Marca nashri xabar berishicha, mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Hag Krishtianuni jamoada qolishga va yangi lohiyaning bir qismi bo‘lishga ishontirishga harakat qilmoqchi. Biroq bu qiyin kechadi, chunki hujumchi hamon Chempionlar Ligasida ishtirok etish haqida o‘ylamoqda.
Futbolchi klubdagi mojarolarga sababchi bo‘lishni istamaydi va shuning uchun ham yaqin orada “qizil iblislar” bilan mashg‘ulot o‘tkazadi.
Avvalroq Ronalduning oldida ikkita yo‘l: yo “Manchester Yunayted”da qolish, yoki “Atletiko Madrid”ga o‘tish varianti mavjudligi xabar qilingandi.
Izoh (0)