O‘zbekiston polo federatsiyasining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda federatsiya ijroqo‘mining yangi tarkibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Aziz Rustamboyev federatsiyaning raisi etib saylandi.
Shuningdek, Ahror Haydarov raisning birinchi o‘rinbosari vazifasiga saylangan.
O‘zbekiston polo federatsiyasi 2020-yilning 26-fevral kuni tashkil qilingan. Bunga qadar Bahrom G‘oziyev federatsiya raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)