Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida MCHJ agentining talon-torojlik harakatlari fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sho‘rchi tumani bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro Sh.U. “S.G.D.” MCHJda agent vazifasida ishlab kelib, o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan 105,8 million so‘mlik yaxna ichimliklar savdosidan tushgan pullarni o‘zining shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborib, tadbirkorning mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)