Gruziya erkin iqtisodiy va sanoat zonalarini Toshkent texnoparki bilan bog‘lash masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Business Week xabar berdi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan O‘zbekiston bilan hamkorlik Gruziya uchun ham, O‘zbekiston uchun ham ustuvor ahamiyatga ega.
Biz hamkorlikning juda aniq maqsadlarini belgilab oldik, ularni ikki tomonlama hukumatlararo komissiya doirasida amalga oshiramiz, — dedi Gruziya Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Levan Davitashvili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda Toshkentda hukumatlararo komissiya yig‘ilishi o‘tkazilishiga qaror qilindi, unda juda aniq loyihalarni ishlab chiqish muhokama qilinadi.
Biz Texnoparkda Gruziya erkin iqtisodiy va sanoat zonalarini Toshkent texnoparki bilan bog‘lash bo‘yicha rejalar tuzdik, — dedi Levan Davitashvili.
Unda o‘zbek va gruzin ishlab chiqaruvchilari Gruziyaning Yevropa bilan erkin savdo borasidagi afzalliklaridan imkon qadar ko‘proq foydalanishi uchun qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili O‘zbekistonga kelgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)