Rossiya Federatsiyasi Sport vazirligi Qrim va boshqa respublikalar jamoalari uchun yagona chempionat yaratishni reja qilgan.
“RB Sport” xabariga ko‘ra, “Hamdo‘stlik chempionati” nomi ostidagi musobaqada Qrim, DXR, LXR, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Xerson va Melitopoldan 14 tagacha klub jalb etilishi ko‘zda tutilgan.
Chempionat formati hali to‘liq aniqlanmagani bois, jamoalarning yakuniy soni yana o‘zgarishi mumkin.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)