Qarshi shahrining sobiq hokimi Karayev Yuldash Umarovich vafot etdi, deb xabar berdi Qashqadaryo viloyati hokimligi.
Qayd etilishicha, shu munosabat bilan uning oila a’zolari va qarindoshlariga viloyat hokimi Murotjon Azimov, tuman, shahar hokimliklari va viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda keng jamoatchilik chuqur ta’ziya bildirgan.
1952-yil tug‘ilgan Yuldash Karayev 1998—2001-yillar Qarshi shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)