Serj Gnabri “Bavariya” bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqida Myunxen klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Vinger myunxenliklar bilan 2026-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Gnabri “Arsenal” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Nemis futbolchisi faoliyati davomida “Arsenal”, “Vest Bromvich”, “Verder”, “Hoffenhaym” tarkibida to‘p surgan. 2017-yildan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib keladi.
Serj ortda qolgan mavsumda barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda ishtirok etib, 17 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)