“Arsenal” va “Manchester Siti” Aleksandr Zinchenko transferi borasida kelishuvga erishdi.
Klublar ukrainalik futbolchining transferi borasida og‘zaki kelishib oldi. Fabrisio Romaning xabar berishicha, londonliklar futbolchi uchun 30 million yevro to‘laydi.
“Kanonirlar” 25 yoshli futbolchi bilan shartnoma muddati va maosh masalasini muhokama qilmoqda.
Zinchenko terma jamoada yarim himoyachi pozitsiyasida to‘p suradi, “Manchester Siti”da esa asosan chap qanot himoyachisi vazifasini bajaradi.
Zinchenko ortda qolgan mavsumda “shaharliklar” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)