• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston bizning muhim siyosiy hamkorimiz” — Serdar Berdimuhamedov

    Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bo‘lib o‘tgan muzokaralar to‘g‘risidagi fikrlari bilan bo‘lishdilar.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston yetakchisi Turkmaniston prezidentining tashrifi xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asoslangan birodarlik rishtalari tarixida yangi sahifa ochishga qaratilganini ta’kidladi.

    “Bugun biz Serdar Gurbanguliyevich bilan mazmunli, ochiq va batafsil muzokaralar o‘tkazdik, ular, shubhasiz, hamkorligimizni yangi, yanada yuqori darajaga olib chiqadi. Biz ikki tomonlama kun tartibidagi barcha dolzarb masalalarni har tomonlama muhokama qildik. Hamkorlikning bugungi holati yuzasidan fikr almashdik, bu borada katta yutuqqa erishilganini qayd etdik. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, suv-energetika va gumanitar yo‘nalishlarda birgalikdagi ishimizning ustuvor jihatlarini belgilab oldik”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Davlat rahbari Turkmaniston bilan har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining o‘zgarmas ustuvor yo‘nalishi ekanini qayd etdi.

    Ko‘p qirrali O‘zbekiston–Turkmaniston munosabatlarining mustahkamlanishiga Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning hissasi beqiyos ekani alohida ta’kidlandi.

    “Bugun Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ushbu chuqur o‘ylangan siyosatni davom ettirayotganidan biz, O‘zbekiston chin dildan xursandmiz”, – dedi O‘zbekiston yetakchisi.

    Shavkat Mirziyoyev muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim sohalaridagi barcha masalalar batafsil ko‘rib chiqilganini qayd etdi.

    Qator istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish, qo‘shma loyiha ofisini ochish yuzasidan qabul qilingan qarorlar muzokaralarning muhim natijasi bo‘ldi.

    Avtomobilsozlik, kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

    Shu maqsadda o‘rta muddatli Savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi.

    Hududlar o‘rtasida tizimli muloqotni rivojlantirish ham O‘zbekiston-Turkmaniston sherikligiga yangi sur’at bag‘ishlaydi. Kuni kecha Buxoroda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan birinchi Hududlar forumi hali ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini yaqqol ko‘rsatdi. Uning yakunida umumiy qiymati 450 million dollardan ziyod bo‘lgan aniq shartnoma va kelishuvlar imzolandi.

    Parlamentlar – Oliy Majlis va Milliy Kengash o‘rtasidagi hamkorlik samarali kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Har doimgidek, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muzokaralar diqqat markazida bo‘ldi. Ilmiy va akademik almashinuvlarni rivojlantirish, innovatsiyalar sohasidagi dasturlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

    Bundan buyon ham O‘zbekiston va Turkmaniston madaniyati va kino kunlarini o‘tkazib borish, turizm sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surishga qaror qilindi.

    Muzokaralarda mintaqamizda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvlarining muhim ahamiyati qayd etildi.

    “Markaziy Osiyoda mintaqaviy jarayonlar va ko‘p tomonlama hamkorlikning mustahkamlanishi mintaqadagi barcha mamlakatlarning taraqqiyoti va ravnaqiga xizmat qilishiga qat’iy ishonaman”, – dedi O‘zbekiston prezidenti.

    Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Davlat rahbarlari ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi maqsadida bundan buyon ham birgalikda harakat qilishga tayyorligini bildirdilar.

    BMT, MDH, IHT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasida faol muloqotlar va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

    O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston tomonini Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash to‘g‘risida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilishda ko‘rsatgan faol ko‘magi uchun minnatdorlik bildirdi.

    Davlat rahbari turkmanistonlik hamkasbini Samarqandda o‘tkaziladigan SHHTning navbatdagi sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etishga taklif etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Ko‘p qirrali Turkmaniston-O‘zbekiston munosabatlari bugun jadal rivojlanmoqda. O‘zbekiston bizning muhim siyosiy hamkorimizdir. Bugun savdo-iqtisodiy sheriklik masalalari batafsil muhokama qilindi, uni kengaytirish va diversifikatsiya qilishga ikkala tomon ham tayyor ekani tasdiqlandi”, – dedi Serdar Berdimuhamedov.

    Yakunda davlat rahbarlari keng ko‘lamli strategik sheriklikni rivojlantirish va kengaytirish, uni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitish, birodar mamlakatlar va xalqlar taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lida aniq va samarali natijalarga erishishga qat’iy intilishlarini ta’kidladilar.

    14.07.2022, 20:11   Izoh (0)   10136
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2022-yilning 6 oyda 2,3 trln so‘mlik charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarilgan

    14.07.2022, 19:56

    O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga 7 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    14.07.2022, 18:45

    Farg‘onada 112 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalasiga chek qo‘yildi

    14.07.2022, 18:12

    Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdi

    14.07.2022, 18:09

    Kosonda uch egizak tug‘ildi. Ularga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari berildi

    14.07.2022, 17:55

    O‘zbekistondagi 4 ta Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashiga qabul qilindi

    14.07.2022, 17:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda qator restoranlar sport translyatsiyalarini litsenziyasiz namoyish qilgani uchun ogohlantirildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 10:45

    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

    Reklama | 5 avgust, 10:30

    Germaniya ilk bor Eurofighter qiruvchi samolyotlarini Polshaga joylashtirdi

    Dunyo | 5 avgust, 10:40

    Instagram: Jey Lo bilan uchrashgan Rayhon, noodatiy klip oldirayotgan Kaniza, Bobur Yo‘ldoshevning eng yaqin do‘sti kim?

    Madaniyat | 5 avgust, 10:19

    Braziliya sobiq prezidenti uy qamog‘iga olindi

    Dunyo | 5 avgust, 10:10

    Ruben Amorim: “ ‘Manchester Yunayted’da 20 yil qolishni xohlayman”

    Sport | 5 avgust, 10:03

    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

    Reklama | 5 avgust, 09:00

    Qozog‘istondagi 17 ta qishloq aholisi alkogoldan butunlay voz kechdi

    Qozog‘iston | 5 avgust, 09:55

    Buxoroda saksovulfurushlarni ta’qib qilib, hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 09:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.