“Barselona” himoyachisi Xerard Pike va Shakira farzandlari kim bilan yashashi borasida kelisha olmayapti.
Xonanda Pike bilan ajrashganidan so‘ng ikkala farzandi o‘zi bilan birga Mayamida yashashini xohlamoqda.
Marca nashrining yozishicha, Shakira farzandlari vasiyligini o‘z zimmasiga olishni va ularning AQSHga ko‘chib o‘tishini tashkil qilishni so‘ragan.
Xerardga taxminan 2,5 million yevro taklif qilingan. Bu uning Ispaniyadagi huquqiy muammolar tufayli avvalroq paydo bo‘lgan qarzlarining bir qismini qoplash uchun yetarli bo‘ladi.
Buning uchun Shakira Pikega farzandlari tarbiyasi uchun hech qanday mablag‘ talab qilmaslikni va’da berdi. Futbolchi yiliga 5 marotaba bolalarini ko‘rish uchun Mayamiga borib turishiga ruxsat beriladi. Ushbu tashriflardan tashqari Pike yozgi ta’tilga bolalar bilan birga borishga taklif qilinadi.
“Barselona” himoyachisi Shakiraning taklifini rad etgan.
Avvalroq 35 yoshli futbolchi xonanda Shakira bilan munosabatlari buzilishiga sababchi bo‘lgan ofitsiant ayol bilan munosabatlarini tugatib, xonanda bilan yarashmoqchi ekanligi xabar qilingandi.
Izoh (0)