• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sodiq kommunistlar va Lenin ta’limotining izdoshlari”. Yozuvchilar uyushmasi adabiy hamkorlikni rad etgani uchun tanqidga uchradi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Yozuvchilar uyushmasi hamkorlikni rad etgani ortidan xalqaro festival to‘xtatilgani haqidagi xabar muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    Foto: “Yandex.ru”

    Foto: “Yandex.ru”

    Bloger Nikita Makarenko Facebook’dagi sahifasida voqea bo‘yicha fikrlarini yozib qoldirdi. Blogerga ko‘ra, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi rasmiy sayyohlik elchisi Sofi Ibbotson va o‘zbek adabiyotini targ‘ib qilish maqsadidagi bir necha kishi sentabr oyida “Buyuk ipak yo‘lidagi adabiyot” festivalini o‘tkazishga qaror qilgan. Ammo Yozuvchilar uyushmasi ularni qo‘llab-quvvatlamayotgani sababli uzoq tayyorgarlik ko‘rilgan tadbir to‘xtatilgan.

    Ular festivalni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan bog‘landi va hamkor bo‘lishdi. Festivalga juda uzoq vaqtdan beri tayyorgarlik ko‘rildi. Sofi menga qo‘ng‘iroq qilganda, unga qo‘limdan kelgan yordamni ayamasligimni aytdim. Ammo kecha ular Yozuvchilar uyushmasi hamkorlik qilishdan bosh tortganini Twitter’da yozdi. Sodiq kommunistlar va V.I.Lenin ta’limotining izdoshlaridan tashkil topgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘z harakatlariga ko‘ra, milliylik, ustunlik, kolxozchilik, vatanparvarlik bayrog‘ini ko‘tarib kelayotganidan xursandman. Uning a’zolarining ishlari esa mamlakatimizdagi eng yaxshi qog‘oz chiqindisini yig‘ish punktlari javonlarini hanuzgacha tark etmaydi, — deb yozgan u.
    Tarmoq foydalanuvchilari bu postga turlicha fikrlar bildirgan. Muhokamalar avj olgach, Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, festival dasturi loyihasidan o‘zbek adabiyotiga aloqasi bo‘lmagan masalalar ko‘p o‘rin olgani uchun adabiyot targ‘ibotchilari bilan kelishuv bo‘lmagan.

    “Yozuvchilar uyushmasida buyuk britaniyalik hamkorimiz hurmatli Sofi Ibbotson taklifiga asosan yurtimizda ana shu festivalni o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. O‘zaro muzokaralarimiz davomida tashabbuskorlar tomonidan asosan festivalning turistik jihatlariga ahamiyat qaratilib, adabiyotimiz targ‘iboti e’tibordan chetda qoldirilayotgandek taassurot paydo bo‘ldi. O‘zbek adabiyotini xorijda tanitishga qiziqish bildirgan, bundan manfaatdor noshir va tarjimonlarning festivalda ishtirok etishini tasdiqlovchi hujjatlar hamda shu yilning may oyida boshlanishi rejalashtirilgan xalqaro adabiy tanlov konsepsiyasi loyihasi kelishish uchun Yozuvchilar uyushmasiga taqdim etilmadi. Bizga yuborilgan dastlabki dastur loyihasida o‘zbek adabiyotiga aloqasi bo‘lmagan masalalar anchagina edi. Masalan, ‘Madaniy repatriatsiya va o‘tmishni hisobga olish’, ‘O‘rta Osiyoda arxeologiyani nima kutmoqda?’, ‘Sayohatlar haqida maktub’, ‘Botanik san’at’, ‘Nikita Makarenko bilan uchrashuv’ va shu kabi boshqa mavzular o‘rin olgan”, — deyiladi munosabatda.

    Yozuvchilar uyushmasiga ko‘ra, tashkilotchilarga adabiyotga doir bir qancha mavzularni ham festival dasturiga qo‘shish taklifi berilgan. Biroq ular takliflarni to‘liq qabul qilmagan.

    “Ular taqdim qilgan yangi dastur loyihasi va qatnashchilar ro‘yxati bilan tanishgach, bizda yana ba’zi savollar paydo bo‘ldi. Jumladan, dastlabki muzokaralarda xorijlik qatnashchilar soni 6-8 kishi atrofida bo‘lishi rasman ma’lum qilingan edi. Shuning uchun Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 2021-yil oxirida 10 nafar xorijlik mehmonga mo‘ljallab smeta hujjatlari ishlab chiqilib, tegishli mablag‘lar ajratildi. Ammo shu yilning may oyida do‘stlarimiz 36 kishidan iborat qatnashchilar ro‘yxatini taqdim etishdi.

    Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda S.Ibbotson adabiy tanlov hakamlariga O‘zbekiston tomondan vakil qabul qilinmasligi, chunki xorijda yashayotgan o‘zbek millatiga mansub muharrirlar yetarli ekanini ma’lum qildi. Buning ustiga, festival dasturida biz istagan Osiyo adabiy agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish uchun umuman vaqt ajratilmagan, bunday tadbir umuman ko‘zda tutilmagan edi. Loyihada taniqli adib va tarjimonlarimiz bir chetda qolib, ayrim yosh tarjimonlar birato‘la ikki-uchtadan tadbirlarga mas’ul etib belgilab qo‘yilgan. Abdulla Qodiriy uy-muzeyida taniqli yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad bilan o‘tadigan adabiy suhbat o‘rniga bu tabarruk maskanda konsert dasturini uyushtirish g‘oyasi ham bizga unchalik manzur bo‘lmadi. O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim va O‘zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzoning ijodiy ustaxonasida ijodiy uchrashuvlar takliflarimiz ham inobatsiz qoldirildi.

    Xullas, Yozuvchilar uyushmasi zimmasiga asosan festival direksiyasi belgilagan tadbirlarni tashkil qilish, qatnashchilarni mehmonxona bilan ta’minlash, ularning ovqatlanishini, Buxoro shahriga sayohatini ta’minlash, tadbirlar bo‘lib o‘tadigan joylarni band qilish va bu ishlarni moliyalashtirish singari tashkiliy vazifalar yuklatilishi belgilangan”, — deyiladi Yozuvchilar uyushmasi munosabatida.

    Qayd etishicha, uyushma mazkur festivalni milliy adabiyot targ‘ibotiga xizmat qilmagani sababli qo‘llab-quvvatlamagan.

    “Yurtimizda tashkil etiladigan adabiy festivallar imkon qadar o‘zbek adabiyotini xorijliklarga ko‘proq tanitishga xizmat qilishi kerak. Shu o‘rinda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi milliy madaniyatimiz va adabiyotimizning rivojiga xizmat qiladigan har qanday e’tiborli loyihalarni amalga oshirish uchun hamisha tayyor ekanini eslatib o‘tmoqchimiz. Yozuvchilar uyushmasi ‘Buyuk ipak yo‘lidagi adabiyot’ festivalini o‘tkazishni butunlay rad etgani yo‘q, faqatgina uning doirasida o‘tkazilishi taklif qilinayotgan bir qator tadbirlar bizni qanoatlantirmadi. Festival tashabbuskorlari bilan bu borada bir to‘xtamga kela olsak, birga ishlashga tayyor ekanligimizni alohida ta’kidlashni istardik”, — deyiladi uyushma bayonotida.

    13.07.2022, 15:59   Izoh (0)   19868
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu — an’anaga aylangan amaliyot”. Adliya boshqarmasi Shuhrat Abdurahmonov imzolagan hujjat prezident qaroridan ko‘chirilganini odatiy hol deb baholadi

    13.07.2022, 15:41

    Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

    13.07.2022, 15:13

    Farg‘ona viloyatida havoni ifloslantirayotgan beshta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

    13.07.2022, 14:37

    O‘zbekistonda 14-iyul kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    13.07.2022, 14:04

    Samarqandda o‘z joniga qasd qilgan ayolning eriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    13.07.2022, 13:58

    Toshkentdagi uchta avtobus harakat yo‘nalishlari va vaqtiga o‘zgartirish kiritildi

    13.07.2022, 13:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Uyda yolg‘iz” komediyasining yulduzi Makoley Kalkin hozir qanday yashaydi?

    Kino | 26 avgust, 20:55

    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport

    Reklama | 26 avgust, 20:15

    “Tramp Modiga to‘rt marta qo‘ng‘iroq qildi, biroq u gaplashishdan bosh tortdi” — OAV

    Dunyo | 26 avgust, 20:45

    Google Play’da pul o‘g‘irlaydigan o‘nlab ilovalar aniqlandi

    Dunyo | 26 avgust, 20:35

    Reuters fotojurnalisti agentlikni “Isroil targ‘iboti”da ayblab, ishdan bo‘shadi

    Dunyo | 26 avgust, 20:23

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    Dunyo | 26 avgust, 20:10

    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi

    Reklama | 26 avgust, 18:00

    “Trampning Rossiyaga nisbatan sabri tugashiga umid qilaman” — Finlyandiya prezidenti

    Dunyo | 26 avgust, 19:55

    UzAutoMotors yangi avtomobil taqdim etdi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 19:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.