“Daryo”da Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning vazirlar va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga topshiriq bergani aytilgan maqola e’lon qilingandi. Andijon hokimligi mazkur maqolaga munosabat bildirdi.
“Mazkur holat hozirda viloyat hokimligi nazoratiga olindi. Holat yuzasidan batafsil axborot berilishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi viloyat hokimligining rasmiy Telegram kanalidagi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 27-iyun kuni qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qabul qilgani, unda Abdurahmonovning vazirlarga Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish bo‘yicha topshiriq bergani yozilgandi.
Izoh (0)