Hindistonning neft importidagi Rossiya ulushi umumiy importning deyarli beshdan bir qismini tashkil etdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Iyun oyida Hindistonga rekord darajadagi yetkazib berish kuniga taxminan 950 ming barrel atrofida bo‘ldi. Rossiya Hindistonga Iroqdan keyin ikkinchi yirik yetkazib beruvchi hisoblanadi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Hindiston umumiy neft importidagi ulushi may oyidagi 16,4 foizdan iyun oyida 19,8 foizga oshgan.
Iyun oyida Rossiyadan neft importi 15,5 foizga oshdi. Saudiya Arabistoni Hindistonga Iroq va Rossiyadan keyin uchinchi yirik neft yetkazib beruvchi hisoblanadi.
Aprel oyida Reuters Hindistonning bir qator neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft import qilish bo‘yicha olti oylik shartnoma tuzish rejalari haqida xabar bergan edi.
Hindistonning Rossiyadan neft importi fevral oyidan beri ortib bormoqda, chunki Osiyoning uchinchi yirik iqtisodiyoti va dunyodagi uchinchi yirik neft importchisi Rossiya nefti uchun yirik chegirmalar ega.
Avvalroq Fransiya Rossiya gazidan butunlay voz kechishga tayyorlanayotgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)