O‘tgan yilning oktabr oyidan boshlab G20 davlatlarida savdo cheklovlari soni oshib bormoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Jahon savdo tashkiloti (JST) ma’lumotlariga ko‘ra, maygacha bo‘lgan yetti oy ichida 53 ta shunday cheklov joriy etilgan. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 14 tani tashkil etgandi.
18 ta cheklov asosan bojlarning oshishi orqali importga ta’sir ko‘rsatdi. Qolgan 35 ta cheklov kvotalar joriy etish orqali mahsulotlar eksportida o‘z aksini topdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu cheklovlar 18,2 milliard dollar miqdoridagi eksportga ta’sir qiladi.
O‘z navbatida, savdoni yengillashtirish bo‘yicha 581,5 milliard dollarlik importga ta’sir ko‘rsatadigan 97 ta yangi cheklov tasdiqlandi, ularning aksariyati yoqilg‘i, asbob-uskunalar va organik kimyoviy moddalar importini yengillashtirish bilan bog‘liq.
JST Ukrainadagi urush munosabati bilan joriy qilingan savdo cheklovlarining ta’sirini alohida baholadi — urush fonida ishbilarmonlik faolligining pasayishi jahon savdosining o‘sish sur’atlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
JST prognoziga ko‘ra, jahon tovarlar savdosi hajmi joriy yilda 3 foizga oshadi.
Avvalgi prognozda aylanma 4,7 foizga o‘sishi kutilgan edi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili o‘sish 9,8 foizni tashkil etgan.
MDH mamlakatlarida iqtisodiy pasayish 12 foizni tashkil qilishi mumkin.
Avvalroq 2023-yil uchun global retsessiya xavfi ortgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)