“Chelsi” va “Manchester Siti” Rahim Sterling borasida kelishuvga erishdi.
The Telegraph nashrining xabariga ko‘ra, vinger 47,5 million funt evaziga London jamoasiga o‘tadi. Yana 2,5 million bonus sifatida to‘lab berilishi ko‘zda tutilgan.
Angliyalik futbolchi “aristokratlar” bilan bir yilga uzaytirish huquqi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Sterling yangi jamoasida haftasiga 300 ming funt maosh oladi. Bu Rahimni “Chelsi”dagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantiradi. APLda esa kuchli uchlikka kiradi.
Hozirda londonliklar Sterlingning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi borasida ishlamoqda, agar hammasi ko‘ngildagidek ketsa futbolchi jamoaga AQSHdagi turne davomida qo‘shiladi, deb yozadi The Athletic.
Izoh (0)