Yengil atletikachi onasi tufayli medaldan mahrum bo‘ldi, deya xabar beradi Lenta.ru.
Voqea Yoqutiston xalqlarining VIII sport o‘yinlari bo‘lib o‘tayotgan Borogonsi o‘lkasida sodir bo‘lgan.
Yoqutistonlik sportchi Artur Burtsev poygada birinchi o‘rinda kelayotgan edi, ammo finishga yaqin qolganda issiq havo tufayli u o‘zini yomon his qila boshladi. Artur bo‘sh kelishni xohlamadi va shifokorlar yordami bilan ikkinchi o‘rinda marraga qarab yugurgan.
Biroq finishga yaqin qolganda u hushini yo‘qota boshlagan. Yiqilayotgan o‘g‘lini tutib qolish uchun onasi yo‘lakchaga yugurib chiqqan va uni finishga yetib olishiga yordamlashgan. Marraga ikkinchi bo‘lib yetib borgan sportchi kumush medal o‘rniga diskvalifikatsiya qilingan. Qoidaga ko‘ra yo‘lakchaga begona odamlarning kirib kelishi va sportchilarga yordam berishi mumkin emas.
Hakamlar sportchining kumush medalini bekor qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)