“PSJ” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqan Maurisio Pochettino o‘z Instagram sahifasida xayrlashuv so‘zlarini aytib o‘tdi.
“PSJ”dagi barchaga: rahbariyat, xo‘jayinlar, o‘yinchilar, xodimlar va muxlislarga kelajakda omad tilayman.Parijliklar argentinalik o‘rniga Kristof Galteni bosh murabbiy etib tayinladi. Pochettino 2021-yilning yanvarida “PSJ”ni boshqaruviga kelgan va yozda shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirgandi.Nosir al-Helayfi, menga parijliklar oilasining bir qismi bo‘lishga imkon berganingiz uchun minnatdorman.
Birgalikda ajoyib damlarni boshdan o‘tkazdik, katta g‘alabalar qayd etdik, albatta, murabbiylar shtabi orttirilgan tajriba orqali rivojlanishda davom etadi.
Fransiya chempioni bo‘lganimizdan faxrlanaman. Bu yer men va oilam uchun alohida ahamiyat kasb etadi, bu yerda o‘ynadim, sardor bo‘ldim va murabbiy bo‘lish baxtiga ham sazovor bo‘ldim.
Maurisio Pochettino, “PSJ” sobiq murabbiyi
Argentinalik mutaxassis ortda qolgan mavsumda klub bilan Fransiya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, mamlakat chempionatida ham g‘olib chiqdi. Chempionlar Ligasida esa jamoa 1/8 finalga qadar yetib bordi.
Izoh (0)