“Milan” Zlatan Ibrahimovich bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi.
Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, kelishuv 2023-yilning yoziga qadar amal qiladi. Shvetsiyalik hujumchining maoshi esa yiliga 1—1,5 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, samarali harakatlardan kelib chiqib, qo‘shimcha bonuslar ham nazarda tutiladi.
Avvalroq tomonlarning kelishuvni uzaytirish borasida muzokaralarga kirishgani haqida xabar berilgandi.
40 yoshli hujumchi may oyi oxirida tizzasidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi, shu sababli u yana kamida olti oy davomida maydonga tusha olmaydi.
Zlatan 2021/22-yilgi mavsum A Seriyada 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)