“Tottenhem” yarim himoyachisi Son Hyon Min o‘ziga nisbatan irqchilik kayfiyatidagi haqoratlar haqida gapirib o‘tdi.
Janubiy Koreyalik futbolchi 2008-yilda “Gamburg” safida, 2013-yildan 2015-yilga qadar “Bayer”da o‘ynagan.
Germaniyaga ko‘chib o‘tganimda juda yosh edim. U yerda juda qiyin va tasavvur qilib bo‘lmaydigan voqealarni boshdan kechirdim.2018-yilgi Jahon Chempionatida guruh bosqichining so‘nggi turida Janubiy Koreya Germaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan. Nemislar pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan. Son o‘sha o‘yinda ikkinchi gol muallifiga aylangan.Men irqchilikka duch keldim. Og‘ir damlarni boshimdan o‘tkazayotganimda, kun kelib qasos olish haqida ko‘p o‘ylardim.
Odatda, odamlar yig‘laganda, ularni yupatishni, quchoqlashni xohlayman. Ammo nemislarning yig‘isiga qarab, o‘zimga yoqqan narsa orqali qasos olishga qodir ekanligimni his qildim.
Son Hyon Min, “Tottenhem” futbolchisi
Izoh (0)