“Napoli” hujumchisi Viktor Osimhen faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, Robert Levandovskining ketishi mumkinligi sababli “Bavariya” 2021/22-yilgi mavsumda A Seriya doirasida neapolliklarning to‘purari bo‘lgan hujumchiga qiziqmoqda.
Klublar ehtimoliy transferni muhokama qilgan. Italiya klubi prezidenti Aurelio De Laurentisning ta’kidlashicha, nigeriyalik futbolchi uchun kamida 110 million yevro to‘lanishi kerak.
Nemis matbuotida “Bavariya” Osimhen uchun jami 120 million yevro sarflamoqchi ekanligi xabar qilingan.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli forvard bungacha “Volfsburg” safida Germaniya chempionatida to‘p surgan. U A Seriyaning 2021/22-yilgi mavsumida 27 o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 2 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)