Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tushlik yoki kechki ovqat, shuningdek, bayramona stol uchun tayyorlanishi oson va mazali taom retsepti bilan bo‘lishamiz.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

Mahsulotlar:

  • Tovuq to‘shi — 4 dona
  • Qattiq pishloq yoki motsarella — 80-100 g
  • Pomidor — 2 ta
  • Soya sousi — 2 osh qoshiq
  • O‘simlik moyi — 1 osh qoshiq
  • Sarimsoq
  • Tuz
  • Murch
  • Ko‘katlar
Tayyorlanishi:
  1. Har bir tovuq to‘shiga 5-6 ta ko‘ndalang kesma kesing.
  2. Pishloq va pomidorni ingichka bo‘laklarga bo‘ling.
  3. Tovuqni tuz va murch bilan ziravorlang.
  4. Har bir kesilgan joyga bir bo‘lak pomidor va pishloq qo‘ying.
  5. Tovuqni pech patnisiga qo‘yib, soya sousi, yog‘ va sarimsoqni aralashtirib, tovuq to‘shiga surting.
  6. Taxminan 30 daqiqa davomida 200 ° C da oldindan qizdirilgan pechda pishiring.
  7. Tayyor taomga maydalangan ko‘kat seping.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda