Mazkur to‘yimli taomni tayyorlash oson: go‘sht va sabzavotlarni bo‘laklab, hamma mahsulotlarni folgada pishiring. Barcha sabzavotlar bir-birining hidi va ta’mi bilan to‘yinadi.
Kerakli mahsulotlar:
- Pomidor — 3 dona
- Tovuq filesi — 600 g
- Baqlajon — 3 dona
- Bulg‘or qalampiri — 1 dona
- Sabzi —1-2 dona
- Piyoz — 1 dona
- Sarimsoq — 2-3 bo‘lak
- O‘simlik moyi — 4-5 osh qoshiq
- Paprika — ½ choy qoshiq
- Murch
- Tuz
- Pomidorni bir necha soniyaga qaynoq suvga solib, po‘stidan tozalab oling. Pichoq yoki blenderda maydalang.
- Baqlajon va tovuq go‘shtini o‘rta bo‘laklarga, qalampir va sabzini kichik bo‘laklarga, piyozni to‘rtga yoki ikkiga bo‘ling. Sarimsoqni pichoqda maydalang yoki qirg‘ichdan o‘tkazing.
- Go‘sht, baqlajon, pomidor, sabzi va qalampirni idishga solib, 2-3 osh qoshiq yog‘, tuz, murch va paprika qo‘shing va aralashtiring.
- Piyoz yumshaguncha skovorodkada 2 osh qoshiq yog‘da qovuring. Ustiga sarimsoq solib, 30 soniyadan keyin olovdan oling.
- Piyoz va sarimsoqni qolgan mahsulottlar bilan aralashtiring. Pech patnisiga solib, folga bilan yoping. Taxminan 30 daqiqa yoki undan ko‘proq vaqt davomida 190 darajaga oldindan qizdirilgan pechga qo‘ying.
Izoh (0)