Ijtimoiy tarmoqlarda 5-iyul kunidan “O‘zbekneftgaz” AJ AYQSHlarida Ai-80 markali benzin narxi oshgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi UNG Petro AYQSHlarida bugungi kunda 1 litri 6800 so‘mni tashkil qilayotgan Ai-80 markali avtobenzinning chakana narxioshmagan.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan 2022-yilning shu davriga qadar 749,7 ming tonna xomashyo qayta ishlangan. Jumladan, avtobenzin (109,5 foiz), dizel yonilg‘isi (113,2 foiz) bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi to‘liq ta’minlangan,
Shuningdek, 72,7 ming tonna Yevro 4-5-6 ekologik toifadagi dizel yonilg‘isi hamda 179 tn miqdorida yuqori oktanli Ai-98 rusumli avtomobil yonilg‘isi ishlab chiqarilgan.
Izoh (0)