• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12937.93
    • RUB161.1
    • EUR14665.14
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Pul

    Ayni paytda pul yo‘qligi oliy ta’limdan voz kechish uchun sabab emas. O‘zbekistondagi ta’lim kreditlari haqida zarur ma’lumotlar va shaxsiy tajriba

    Mamlakatda ilmga chanqoq yoshlar bo‘lgani — uning buyuk kelajagi va orzudagi bugunini yaratish uchun foydadan holi emas. 

    Biroq 11 yillik majburiy ta’lim bilangina cheklanadigan o‘quvchilar ham kam emas.

    Bunga turli vaziyatlar sabab bo‘lishi mumkin. Asosan, oilaviy sharoit, moddiy yetishmovchilik o‘quvchining ta’lim olishiga qarshilik qiladi.

    Oliy ta’limga birinchi marta hujjat topshirgan abituriyent ko‘p hollarda shartnoma asosida o‘qishga “ilinadi”.

    Katta miqdordagi kontrakt to‘lovini amalga oshirish esa ko‘pchilik uchun imkonsiz.

    Shunday vaziyatlarda o‘qishni boshlab, ta’lim kreditlaridan foydalanish — ta’limni tark etishdan foydaliroq tanlov bo‘lishi mumkin.

    “Daryo” ta’lim kreditlarining boshqalaridan farqi, foydali tomonlari, rasmiylashtirish shartlari hamda undan foydalangan mijozning shaxsiy tajribasi haqida gapiradi.

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Ta’lim kreditlari qancha miqdorda va necha foiz asosida beriladi?

    Ta’lim kreditlari odatda to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdorda, Markaziy bank asosiy stavkasida ajratiladi.

    Ta’lim kreditlarining ikki xil turi mavjud bo‘lib, biri imtiyozli, ta’minot summalarisiz bo‘lsa, ikkinchisi oddiy, ma’lum foizli ta’minot stavkalari asosida ajratiladi.

    Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

    Ta’lim kreditini rasmiylashtirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

    • ta’lim kreditini olish to‘g‘risidagi ariza;
    • talaba va oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
    • ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat;
    • birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumotlar va hujjatlar kerak bo‘ladi.

    Ta’lim krediti qaytarilishi bo‘yicha qanday ta’minot taqdim etilishi bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq belgilanadi.

    Qanday mijozlardan garov yoki kafillik talab etilmaydi?

    Agar talaba “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilaning farzandi bo‘lsa, ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi – reyestrga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma berilishi kifoya.

    Bank taqdim etilgan hujjatlarni 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va ushbu talabaga ta’lim krediti ajratish yoki ajratmaslik bo‘yicha qaror qabul qiladi.

    Kredit berishni rad etgan taqdirda, arizachiga rad etish sababi ko‘rsatilgan holda javob xati beriladi.

    Ta’lim krediti mablag‘lari tijorat banki tomonidan taqdim etilgan shartnoma yoki hisob varaqasi/fakturasida ko‘rsatilgan hisob varag‘iga mablag‘ ko‘chirish yo‘li bilan o‘tkazib beriladi.

    Bunda, ta’lim krediti to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan yillik to‘lovning to‘liq miqdori teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lib, kredit oluvchining yozma topshirig‘i asosida o‘tkaziladi:

    1. Birinchi qismi (kamida 25 foizi) – 1 bosqich uchun har yili 15-sentyabrgacha, 2 va undan yuqori bosqichlar uchun har yili 1-oktyabrgacha;
    2. ikkinchi qismi (kamida 50 foizi) – har yili 1-yanvargacha;
    3. uchinchi qismi (kamida 75 foizi) – har yili 1-aprelgacha;
    4. to‘rtinchi qismi (100 foizi) – har yili 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda.

    Tegishli to‘lovni amalga oshirish uchun kredit oluvchi tijorat bankiga yuqorida belgilangan sanalarga qadar murojaat qilishi lozim.

    Foto: “Human.uz”

    Foto: “Human.uz”

    Kredit to‘lovi qachon va qanday qaytariladi?

    Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Ushbu vaqtga qadar ta’lim krediti bo‘yicha faqat foiz to‘lovlari to‘lab boriladi.

    (Bu ma’lumotlar bank turiga qarab farq qilishi mumkin).

    Kreditni belgilangan muddatdan avval yopish mumkinmi?

    Agar qarz oluvchida qo‘shimcha mablag‘ mavjud bo‘lsa, u kreditini muddatidan avval yopishi mumkin.

    Masalan, o‘qishni bitirgan talaba birdan daromad manbaiga ega bo‘lsa — 7 oy faqat kredit bo‘yicha foiz to‘lab bormasdan, asosiy qarzni ham so‘ndirib borishi mumkin. Bunda kredit bo‘yicha umumiy to‘lovlar miqdori kamroq bo‘ladi.

    Har qanday uzoq muddatli kreditni muddatidan oldin so‘ndirish ushbu kredit bo‘yicha umumiy to‘lovlar miqdorining kamayishiga yordam beradi.

    Ta’lim kreditlari qaysi bankda qancha muddat va foiz asosida beriladi? Banklarning umumiy shart va takliflari

    Ta’minot summasisiz ta’lim kreditlarini ajratuvchi banklar (maʼlumot Oʻzbekiston Markaziy banki bankxizmatlari.uz saytidan olindi).

    O‘zsanoatqurilishbank — 13,5 yil muddatga shartnoma narxi miqdorida 14% stavkasi asosida ajratiladi.

    Imtiyoz davrining muddati 18 oydan 78 oygacha.

    Ta’minot turi sifatida uchinchi shaxslarning kafilligi belgilangan. Ta’minot summasi mavjud emas.

    Boshlang‘ich badal mavjud emas. Kredit to‘lovlari har oy oralig‘ida amalga oshiriladi.

    Aloqa bank — 162 oyga 14% stavkasi asosida, shartnoma narxi miqdorigacha beriladi. Kreditning umumiy shartlarida boshlang‘ich to‘lov yo‘q.

    Ta’minot turi sifatida garov yoki uchinchi shaxslarning kafilligi nazarda  tutilgan.

    Kredit foydalanuvchining ta’lim davriga qo‘shimcha va imtiyozli ravishda 6 oy muddatga berilib, to‘lovlar har oyda to‘lanishi belgilangan.

    O‘zbekiston Milliy banki (NBU) — 162 oygacha 14% stavka asosida, 30 million miqdorgacha, boshlang‘ich to‘lovlarsiz beriladi.

    Ta’minot turi sifatida garov yoki uchinchi shaxslarning kafilligi hamda sug‘urta polisi nazarda  tutilgan.

    Kredit foydalanuvchining ta’lim davriga qo‘shimcha va imtiyozli ravishda 6 oy muddatga berilib, to‘lovlar har oyda to‘lanishi belgilangan.

    Ipoteka bank — boshlang‘ich badallarsiz, talabaning ta’lim muddati rasman tugagach, 7 oydan boshlab, 7 yil muddatda har oy oralig‘ida to‘lash belgilangan.

    Ta’minot summasi sifatida jismoniy shaxs kafilligi, ijtimoiy reyestrga kirgan oilalar uchun sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polisi, likvidli mol–mulk garovi ko‘zda tutilgan.

    Qishloq qurilish bank (QQB) — 30 million so‘m miqdorida 14% stavkasi asosida 162 oy muddatga beriladi.

    Ta’minot turi sifatida uchinchi shaxslarning kafilligi nazarda tutilgan. Ta’minot summasi esa nolga teng.

    Kredit to‘lovi bo‘yicha imtiyozli muddat bir yildan to‘rt yilgacha bo‘lib, oraliq to‘lovlar har oyda to‘lanadi.

    Asaka bank — shartnomada belgilangan summani 15 yilgacha 14 foiz stavkasi asosida ajratadi.

    Oraliq to‘lovlarning davriyligi har oy, imtiyoz davri esa 6, 12, 18 oyga teng.

    Ta’minot turi sifatida uchinchi shaxslarning kafilligi yoki sug‘urta polisi belgilangan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ta’minot summalari asosida ta’lim kreditlarini ajratuvchi banklar:

    Hamkor bank — Shartnoma narxi miqdorigacha 14% stavkasi asosida 162 oy muddatga beriladi.

    Boshlang‘ich badallar yo‘q, imtiyoz davri esa mavjud emas.

    Ta’minot turi sifatida garov, uchinchi shaxslarning kafilligi yoki sug‘urta polisi ko‘rsatilgan. Ta’minot summasi esa 125% dan iborat.

    Kredit har oy oralig‘ida to‘lab boriladi.

    Agrobank — 14% stavkasi asosida 13,5 yil muddatga shartnomada ko‘rsatilgan narx miqdorida beriladi.

    Oraliq to‘lovlar davriyligi har oy, imtiyoz muddati esa 6 oy.

    Ta’minot turi — garov, uchinchi shaxslarning kafilligi yoki ta’minotsiz.

    Xalq banki — 14 foiz stavkasi asosida, kontrakt to‘lovi miqdoridagi mablag‘ 13,5 yilgacha muddatga beriladi.

    Boshlang‘ich badal mavjud emas. To‘lovlar har oy oralig‘ida amalga oshiriladi.

    Imtiyoz muddati 18 oydan 78 oygacha, ta’minot summasi esa 125 foizni tashkil etadi.

    Mikrokreditbank — Shartnoma narxi miqdoridagi kredit summasi 15 yilgacha muddatga 14 foiz stavkasi asosida ajratiladi.

    Kredit olishda boshlang‘ich badallar belgilanmagan.

    Oraliq to‘lovlar har oyda amalga oshirilishi kerak.

    Kreditda imtiyoz muddati mavjud emas.

    Ta’minot turi sifatida uchinchi shaxslarning kafilligi hamda sug‘urta polisi, ta’minot summasi sifatida esa 125% belgilangan.

    Turon bank — kontrakt summasi miqdoridagi mablag‘ni 14% stavkasi asosida 8-15 yil muddatga ajratadi.

    Boshlang‘ich badallarsiz, har oyda to‘lab borish sharti mavjud.

    Bank mijozning o‘qish davriga qo‘shimcha ravishda 6 oylik imtiyozli muddat davrini beradi.

    Ta’minot summasi kreditning 125 foizi miqdorida, ta’minot turi esa garov, uchinchi shaxs kafilligi yoki sug‘urta polisi hisoblanadi.

    Ipak yo‘li banki — 30 milliongacha pul miqdorini 26,9 foiz stavkasi asosida 3 yil muddatga beradi.

    Boshlang‘ich badallar talab etilmaydi.

    To‘lovlar davriyligi har oy.

    Ta’minot summasi mavjud emas, turi bo‘yicha garov yoki uchinchi shaxs kafilligi belgilangan. 

    Shaxsiy tajriba

    To‘lov-shartnoma pulini to‘lash uchun ta’lim kreditidan foydalangan O‘g‘iloy Xalilova:

    “To‘lov-kontrakt asosida universitetga qabul qilinganimni bilganimdan so‘ng, darhol ta’lim krediti haqida internet orqali ma’lumot qidirishni boshlaganman. Kredit olmoqchiligimni aytganimda, ota-onam buni unchalik xohlashmagan” — deydi O‘g‘iloy.

    Unga ko‘ra, ota-onasining hayolida kredit deganda juda murakkab va ovoragarchiligi ko‘p narsa shakllanib qolgan.

    Ular qiynalib bo‘lsa-da kontrakt pulimni to‘lay olishardi, lekin men ota-onamga og‘irlik tushirishni xohlamadim. Hozircha kredit olib turay, keyinchalik biror ish topib, ota-onamga yordam beraman, deb o‘yladim — qo‘shimcha qildi u.

    O‘g‘iloy barcha kerakli hujjatlarni yig‘ishni va yugur-yugurni o‘z bo‘yniga olib, kelajakda shu kredit ortidan hech qanday muammo bo‘lmasligiga ota-onasini ishontirgach, pasport bilan bankka borgan.

    Banklar aholi yashaydigan mahallalariga ko‘ra taqsimlanadi, mijoz faqat o‘z hududiga biriktirilgan bankdan ta’lim krediti olishi mumkin.

    “Shunday qilib, bir dunyo hayollar bilan bankka kirib borib, kredit bo‘limidan hafsalam pir bo‘lib chiqdim. Sababi bank xodimi ‘resurs tugagani’ uchun kredit berishning iloji yo‘qligini aytdi. U desam, bu dedi, xullas, men bankdan quruq qo‘l bilan qaytdim” — deydi o‘sha vaqtlarni yodga olgan qiz.

    O‘g‘iloy Xalilova niyati jiddiy bo‘lgani hamda internet orqali ta’lim krediti haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lgani tufayli ortga chekinmaganini aytadi.

    Hayolimga faqatgina prezident “portali”ga ariza yozish kelardi, chunki xodim meni nohaq qaytarganini bilib turardim. “Portal”ga yozgan arizam bo‘yicha men bilan ikki kun ichida bog‘lanib, tezda bankka kelishimni so‘rashdi. Borishim bilan kredit ajratishlarini aytib, kerakli hujjatlarni yig‘ishimni hamda ikkita kafil topishimni aytishdi — deydi O‘g‘iloy.

    Birinchi kursning ilk yarim yilligi uchun ta’lim kreditini imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga olgan, 2 kursning 1 yarim yilligi uchun ham ariza topshirib, unga ega bo‘lgan O‘g‘iloy birinchi kursning ikkinchi yarim yilligiga ariza topshirish uchun ulgurmaganini aytadi.

    Foto: O‘g‘iloy Xalilovaning shaxsiy arxividan

    Foto: O‘g‘iloy Xalilovaning shaxsiy arxividan

    Universitetning ikkinchi bosqichida bolalarga ingliz tilidan saboq berib, 3-kursda internet-nashrga ishga qabul qilingan O‘g‘iloy bu safar kredit olishga zarurat sezmagan.

    Bu kreditga qiziqqan kursdoshlarimga erinmay, hammasini tushuntirdim. Afzalliklarini aytdim, mendan keyin yana ikkita kursdoshim o‘z yashash hududidan ta’lim krediti oldi — deydi u.

    O‘g‘iloyning fikriga ko‘ra, ta’lim krediti shartlari, muddatiga ko‘ra talabalar uchun juda qulay.

    Qiynalib, kontrakt pulini bazo‘r to‘lagan, to‘layotgan talabalarni bilaman va nega ta’lim krediti olmaganiga hayron qolaman. To‘g‘ri, bankka borishingiz bilan ta’lim kreditini qo‘shqo‘llab tutqizib yubormasliklari mumkin.

    Balki har xil bahona-yu vajlar bilan sizni qaytarib yuborishga urinishar. Lekin o‘z huquqingizdan, imkoniyatingizdan foydalanishga to‘sqinlik qilishlariga yo‘l qo‘ymang — deydi ta’lim kreditining foydali jihatlari haqida gapirgan mijoz.

    O‘g‘iloyning atrofdagilardan eshitishicha, banklar uchun ta’lim krediti ajratish unchalik ham manfaatli emas.

    Shu sababli u yerda sizni quchoq ochib kutib olmasliklari mumkin. Biroq hukumat shunday yo‘l bilan talabalarni qo‘llab-quvvatlashga sharoit yaratgan ekan, nega endi undan foydalanmaslik kerak? — qo‘shimcha qildi u.

    Universitetni o‘tgan yili tamomlagan O‘g‘iloy hozirda birinchi kreditini yopganini, ikkinchi krediti uchun har oy o‘rtacha 200-300 ming so‘m atrofida to‘lashini aytadi.

    “Bu to‘lov oylik xarajatlarga hech qanday xalaqit bermaydi, og‘irligi yo‘q. Talaba o‘z kuchiga ishonib, ta’lim krediti olsa, bundan faqat yutadi. Chunki o‘qish davomida ham ishlab, kreditni bemalol to‘lashi mumkin” — deydi kreditning bu turidan samarali foydalangan O‘g‘iloy Xalilova.

    04.07.2022, 19:33   Izoh (0)   46425
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonni qamrab olgan onlayn-qimor o‘yinlari — samarasiz taqiq, o‘g‘rilik va suiqasdlar

    01.07.2022, 19:07

    IT Park 22 yoshida oyiga 1200 dollar ishlab topadigan qashqadaryolik yigit haqida hikoya qildi

    01.07.2022, 16:29

    O‘zbekistonda ekzotik bamiya sotuvga chiqdi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    01.07.2022, 16:02

    Pokistonga Sirdaryo qovunlari yetkazib beriladi

    01.07.2022, 15:41

    AQSHda inflyatsiya o‘sayotgani sari retsessiya xavfi oshmoqda — WSJ

    21.06.2022, 11:09

    Ra’no Jo‘rayeva nega yettita aeroport direktorini ishdan bo‘shatganini tushuntirdi

    20.06.2022, 18:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    11 mamlakat futbol federatsiyasi Rossiyaning xalqaro musobaqalarga qaytishiga qarshi chiqdi

    Sport | 22 may, 13:32

    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi

    Reklama | 22 may, 13:30

    Muntazam piyoda yurish onkologik kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi — tadqiqot

    Salomatlik | 22 may, 13:30

    Saudiya Arabistoni AQSHning MQ-9 Reaper dronlaridan 200 ta sotib olishi mumkin

    Dunyo | 22 may, 13:10

    Noqonuniy yo‘l bilan hajga borganlar Saudiyadan deportatsiya qilinadi

    O‘zbekiston | 22 may, 12:55

    Bir mln dollarlik qulaylik: turk aktrisasi Serenay Sarikaya qanday uyda yashaydi?

    Layfstayl | 22 may, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.