• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Pul

    O‘zbekistonni qamrab olgan onlayn-qimor o‘yinlari — samarasiz taqiq, o‘g‘rilik va suiqasdlar

    Bugungi kunda O‘zbekiston hududida bukmekerlik faoliyatini olib borish yoki targ‘ibot bilan shug‘ullanish taqiqlangan.

    Biroq bu xorijiy bukmeker kontoralarning mamlakatda faoliyat yuritishiga unchalik to‘siq bo‘lmayapti.

    Ularning faoliyati oqibatida katta miqdordagi mablag‘ini yo‘qotgan shaxslarning o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paymoqda. So‘nggi bir yilda 4 ta shunday holat qayd etilgan. Bu ommaga ma’lum bo‘lgan holatlar. Yana biz bilmagan, xabarlarda ochiqlanmagan qanchasi bor ekani noma’lum.

    Qolaversa, “Daryo” tahririyatiga hozirgi paytlarda onlayn-qimor o‘yinlari tufayli pulsiz yoki hatto xonadonsiz qolgan fuqarolarning yaqinlaridan murojaatlar kelib tushmoqda.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Taqiq bor. Natija esa deyarli yo‘q

    Qimor o‘yinlari O‘zbekistonda 2007-yildan buyon taqiqda bo‘lgan. Yaqin vaqtlargacha bu cheklov samarali edi.

    Biroq texnologiyalar rivojlanishi bilan vaziyat keskin o‘zgardi. Bu rasmiy darajada ham tasdiqlangan.

    Masalan, yil boshida adliya vaziri Ruslanbek Davletov qimor o‘yinlari jamiyatda katta muammoga aylanib borayotganini, biroq hozirda onlayn kontoralarni butunlay bloklash imkonsiz ekanini ta’kidlagan.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston onlayn qimor o‘yinlari oldida jiddiy muammoga duch kelmoqda.

    Shu bilan birga, agar rasmiylar kazino saytlari bloklagan taqdirda ham foydalanuvchi VPN orqali ularga xavfsiz ulanish imkoni borligi aytiladi.

    Aytish mumkin, serverlari O‘zbekistonda bo‘lsin, deb. Biroq buni imkoni yo‘q. Katta-katta davlatlar hali serverlarni o‘ziga olib keltirolmayapti — degan adliya vaziri.

    Google kompaniyasida ishlaydigan dasturchi “Daryo”ga VPN bor ekan, bazasi xorijda joylashgan saytlarni butunlay cheklash juda qiyin masala, deb tasdiqladi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha serverlarning IP manzilini bloklash imkonsiz.

    Banklar orqali esa shunday serverlardan pul kirim-chiqimining oqiminigina taqiqlash mumkindir. Lekin uni ham chetlab o‘tish yo‘llari topiladi, — deydi mutaxassis.

    Qimor reklamalari taqiqlangan. Biroq bu cheklov ham yaxshi natija bermaydi

    O‘zbekistonda nafaqat qimor o‘yinlari, balki ularning reklamasi ham taqiqlangan. Lekin bu allaqachon eskirgan va samarasiz normaga aylangan.

    Bukmekerlar juda boy kompaniyalardan sanaladi. Forbes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, eng mashhur kontoralardan biri yiliga bir necha yuz million dollar sof foyda ko‘radi.

     

    Bunday budjet bilan esa bukmekerlar istalgan davlatni o‘z reklamalari bilan to‘ldira oladi. Ana shu vaziyat hozir O‘zbekistonda sodir bo‘lmoqda.

    Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o‘nlab pul tikish saytlarini bloklab, yuzlab reklamalarni aniqlagan, lekin ular soni ko‘paysa ko‘payyaptiki, kamayishidan darak yo‘q.

    Barchasini bloklash esa imkonsiz — bugun biri yopilsa, ertaga uning o‘rniga 10 ta yangisi paydo bo‘lmoqda.

    “Daryo”ning qisqa muddatli monitoringi ham Telegram’da qimor o‘yinlariga aloqador 50 ga yaqin asosiy kanallar mavjudligini, ulardan ba’zilari 200 ming obunachiga egaligini ko‘rsatadi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Ko‘p sonli foydalanuvchilariga ega YouTube platformasida ham bukmekerlarni reklama qiluvchi bir necha ming o‘zbek tilidagi roliklar topiladi. Xuddi shunday holat TikTok va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida ham kuzatiladi.

    Qolaversa, yaqinda o‘zbekistonlik blogerlar onlayn qimorni reklama qilgani haqida ham xabar berilgan.

    Biroq muammo texnologiyalar bilangina cheklanmaydi — Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi hisobotlariga ko‘ra, qimor o‘yinlarining reklamalari oflayn rejimda ham faol ravishda tarqalmoqda.

    Nafaqat taklif, balki talab bilan ham ishlash kerak

    Qimor o‘yinlarini nazorat qilish usullari eskirgan. Buni yaqinda Zo‘r TV telekanaliga berilgan ogohlantirishdan ham tushunish mumkin.

    Aslida ushbu telekanal hech qanday qimor idoralarini reklama qilmagan — shunchaki bukmekerlik kontori homiylik qilgan sport tadbirini to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatgan va unda 1Xbet reklama bannerlari aks etgan.

    Foto: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

    Foto: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

    Hozir homiy yoki hamkor sifatida bukmekerlar joy olmagan sport tadbirni topish qiyin.

     

    Masalan, ba’zi sport jamoalar o‘zining futbolkalarida bukmekerlarni nomini qo‘ygan. Shunda futbol efirlariga ham chek qo‘yish kerakmi?

    Masalan, odamlarga oson yo‘l bilan pul topish imkoni yo‘qligi, bo‘lganida ham tatimasligi, ular oxiri berk ko‘chaga olib borishi, bu tavakkal katta xavfga qo‘yilgan qadam ekanini ko‘proq tushuntirish orqali qiziqish va talabni kamaytirish mumkin.

    Agar talab yuqoriligicha qoladigan bo‘lsa, hech qanday cheklovlar foyda bermaydi. Qiziquvchilar taqiqlarni aylanib o‘tadigan yo‘llarni topadi.

    Yana bir samarali, biroq gapirgan bilangina yechim topishi amri mahol bo‘lgan yo‘l — odamlarning turmush darajasini yaxshilash va o‘rtacha daromadini ko‘tarishdir. Yaxshi ishlab, yuqori maosh oladigan inson qing‘ir yo‘l orqali keluvchi pullarga qiziqmaydi.

    Albatta, buni amalga oshirish murakkab va yillar talab qilishi mumkin.

     

    Bunday holda bizning vazifamiz — yana ularning xavfli ekani, osonlikcha pul topish baxayr emasligini tushuntirish va bugungacha ma’lum oqibatlari bilan bo‘lishishdan iboratligicha qoladi.

    Albatta, hayot faqat mehnatdan iborat emas. Odamlar mehnatiga yarasha turli dam olish imkoniyatlariga ham ega bo‘lishi kerak. Afsuski, odatda tabiiy bo‘lishi kerak bo‘lgan bu jarayon O‘zbekistonda katta muammo.

    Umumiy qilib aytganda, hozirgi yondashuv o‘zini oqlamasligi, usullar esa eskirgani aniq.

    Biz buni qanchalik rad etsak, shuncha oqibatlariga duchor bo‘laveramiz.

    01.07.2022, 19:07   Izoh (0)   35631
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IT Park 22 yoshida oyiga 1200 dollar ishlab topadigan qashqadaryolik yigit haqida hikoya qildi

    01.07.2022, 16:29

    O‘zbekistonda ekzotik bamiya sotuvga chiqdi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    01.07.2022, 16:02

    Pokistonga Sirdaryo qovunlari yetkazib beriladi

    01.07.2022, 15:41

    AQSHda inflyatsiya o‘sayotgani sari retsessiya xavfi oshmoqda — WSJ

    21.06.2022, 11:09

    Ra’no Jo‘rayeva nega yettita aeroport direktorini ishdan bo‘shatganini tushuntirdi

    20.06.2022, 18:46

    Telegram’da pullik obuna paydo bo‘ldi

    20.06.2022, 10:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.