Saxovatli yoz fasli qizg‘in pallada. Shu oyda UZTELECOM Milliy operatori mobil aloqa yangi abonentlar uchun naqd 3 ta qaynoq aksiyani taklif etadi.
“Milliy 10” va “Milliy 15” tarif rejalari bo‘yicha GSM standarti tarmog‘iga ulanganda, har bir yangi abonent bonus tarzda – 1 gigabayt mobil internetga ega bo‘ladi. Aksiya 2022-yilning 30-iyundan 31-iyulgacha jismoniy va yuridik shaxslar uchun amal qilib, bonus to‘plam abonent to‘lovi amalga oshirganda avtomatik ravishda faollashtiriladi. Bonusli to‘plam faollashtirilgandan so‘ng 5 kun davomida amal qiladi.
Bundan tashqari, yangi abonentlar aksiya doirasida ishtirok etayotgan tarif rejalar abonent to‘lovi uchun 22 foiz chegirma taqdim etiladi. Chegirma ulangan paytdan boshlab keyingi 3 oy davomida amal qiladi.
Misol uchun, 20 gigabayt mobil internet trafiki, O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz daqiqa va 5 000 ta SMS taqdim etuvchi “Milliy 70” tarifiga ulanganda 70 000 so‘m abonent to‘lovi o‘rniga 54 600 so‘m to‘lanadi.
Aksiya 2022-yilning 30-iyunidan 31-iyuligacha GSM va CDMA standartining jismoniy va yuridik shaxs abonentlari uchun quyidagi tarif rejalarida amal qiladi:
- GSM standartining tarmog‘ida – “Milliy 40”, “Milliy 50”, “Milliy 70”, “Milliy 100”, “Milliy VIP”, “Milliy Biznes 40”, “Milliy Biznes 55”, “Milliy Biznes 75”, “Biznes Royal”
- CDMA standartining tarmog‘ida – “Optimal”, “Ajoyib”
UZTELECOM Milliy operatoringiz taqdim etayotgan yuqori sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi mobil internet olamining qulay imkoniyatidan foydalaning.
Aksiya shartlari haqida batafsil ma'lumot uchun havola
UZTELECOM - Milliy operator
- UZTELECOM ijtimoiy tarmoqlari: utc.uz/scl
- MyUZTELECOM mobil ilovasi: AppStore | GooglePlay
- Bot: utc_uzbot
- Yagona Call-markaz: 1099
- Sayt: uztelecom.uz
- Texnik qo‘llab-quvvatlash: utc.uz/00e17
Izoh (0)