Hozirgi kunda katta xonadon sotib olish har bir oila uchun uzoq kutilgan voqea va ayni paytda katta xarajat ham hisoblanadi. Bizning Uylar Development kompaniyasi aholiga qulaylik yaratish maqsadida xonadonlarni yilllik 18 foiz stavka bilan 20 yilgacha ipoteka kreditiga olishni taklif etadi. Siz xonadon uchun dastlabki to‘lovni to‘lab uyga ega bo‘lishingiz, so‘ng oylik to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz kerak. Bu jarayon har bir oilaga qulaylik yaratadi, katta xarajatning oldini oladi.
Uch xonali xonadon ko‘p bolali oilalar uchun eng mos variant hisoblanadi. Uyda kattalar va bolalarning o‘z yotoqxonalari bo‘ladi. Bu esa xonadonda yaxshi dam olishga va farovon yashashga yordam beradi. Shuningdek, oilaviy oqshomalar uchun alohida mehmonxona ham bo‘ladi.
Manzara turar joy majmuasidagi uch xonali xonadonning asosiy afzalliklaridan biri bu – oshxonaning alohida joyda ekanligidir. Taom tayyorlash paytida shovqin va turli hidlar boshqa xonalarga kirmaydi.
Xonadonda yuvinish xonasi ham alohida loyihalangan. Ertalab eshik oldida navbatga turish shart emas. Bir-biringizni kutmasdan, shoshilmasdan bir vaqtning o‘zida hammom va hojatxonadan foydalanishingiz mumkin.
Bizning Uylar Development kompaniyasining barcha xonadonlari tayyor ta’mirlangan holda sotuvga chiqariladi. Siz xonadon sotib olib, faqatgina mebellarni joylashtirishingiz kifoya.
Uy-joy turlari va boshqa savollarga sotuv ofisida menejerlar batafsil ma’lumot berishadi.
Manzil: Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi
Telefon: (+998) 71-210-44-44
Instagram: https://instagram.com/bizninguylar/
Telegram: https://t.me/bizninguylar
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)