Yaponiyada rekord darajadagi jazirama tufayli, uzilishlar oldini olish uchun uch oylik elektr tokini tejash davri e’lon qilindi, deb yozadi “RBK”.
Mamlakatda so‘nggi vaqtlarda issiq havo kuzatilmoqda, harorat ba’zi tumanlarda 35 darajaga yetmoqda. Shu tufayli elektr energiyasiga talab o‘sdi, ammo elektr yetkazib berish hajmi oshishi kutilmayapti, havo harorati tushishi ham, deb xabar qilmoqda mahalliy Kyodo agentligi.
Shu munosabat bilan mamlakat hukumati fuqarolarni elektr tokini tejashga chaqirdi. Choralar konditsionerlardan foydalanishga tegishli emas, biroq yaponlarga, masalan, keraksiz chiroqni o‘chirib qo‘yish maslahat berildi. Ayniqsa, quyosh energiyasini ishlab chiqarish kamayadigan 17:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida elektr iste’molini kamaytirish qo‘llab-quvvatlanadi.
Hukumat va elektr energiyasi yetkazib beruvchilar tejamkorlik haqidagi ko‘rsatmalarga rioya qilayotgan uy xo‘jaliklarini rag‘batlantirish uchun ball beruvchi maxsus dasturlarni joriy qilishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, elektr energiyasi yetishmovchiligi xavfi nafaqat issiq havo, balki issiq elektr stansiyalarining eskirishi, shuningdek, ularning ishlashi uchun yonilg‘i xaridi Ukrainadagi voqealar tufayli xavf ostida qolgani sababli ham saqlanib qolmoqda.
Oxirgi marta Yaponiya hukumati energiyani tejash haqidagi iltimos bilan fuqarolar va korxonalarga 2015-yilda murojaat qilgan edi. Undan to‘rt yil avval zilzila va sunamidan keyin “Fukusima” AESda radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lgan, u keyin yopilgan edi. Halokat mamlakatdagi boshqa atom stansiyalari ishiga ta’sir ko‘rsatdi, oqibatda energiya tanqisligi yuzaga keldi, uni 2016-yilda yengishga muvaffaq bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, rasmiylar dastlab Tokio aholisidan elektr energiyasi iste’molini kamaytirishni so‘radi. Biroq jazirama ba’zilar uchun halokatli bo‘lganidan keyin hukumat energiyani tejash borasidagi ambitsiyalarini pasaytirdi.
Mavzuga doir: Fotoreportaj: Yevropada anomal issiqlik kuzatilmoqda
Izoh (0)