• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ukrainada rossiyaliklar uchun viza rejimi kuchga kirdi

    Ukraina uning hududiga kirib keladigan barcha Rossiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy qildi, u 1-iyuldan kuchga kirdi, deb yozadi “RBK”.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Shu kundan e’tiboran Rossiya va Ukraina hukumatlari o‘rtasidagi “Ukraina va Rossiya fuqarolarining vizasiz safarlari va Ukrainaning Rossiya Federatsiyasi bilan ba’zi xalqaro shartnomalarning qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi bitim amal qilishdan to‘xtadi.

    Endi rossiyaliklarda viza bo‘lmasa, ular Ukraina hududiga kirishi, mamlakatda bo‘lib turishi va undan tashqariga chiqishi, shuningdek, tranzit bilan u orqali o‘tishi mumkin bo‘lmaydi. Vizani Rossiyaning sakkizta shahridagi VFS Global kompaniyasi viza markazlarida yoki uchinchi mamlakatlarda rasmiylashtirish mumkin.

    Ammo vizaning borligi Rossiya fuqarosi chegaradan o‘tkazilishini kafolatlamaydi: xorij fuqarolarining mamlakatga kirishi haqidagi yakuniy qaror chegara xizmati xodimlari tomonidan qabul qilinadi, deya ma’lum qildi Ukraina TIV.

    Rossiya va Ukraina o‘rtasida vizasiz rejim 1997-yildan buyon amal qilib kelayotgan edi. Rossiyaliklar Ukrainada mamlakatga birinchi tashrifi sanasidan boshlab 180 kun ichida 90 kungacha bo‘lib turishi mumkin edi. Ukrainaga kirish uchun amal qilish muddati safar yakunlanadigan sanadan oshadigan xorijga chiqish pasporti bo‘lishi kifoya edi.

    2020-yil martida koronavirus pandemiyasi tufayli Ukraina mamlakatga chet elliklar kirishini taqiqlagan, ammo taqiq karantin cheklovlariga o‘zgartirilgandi: mamlakatga kirishda vaksinatsiya haqidagi ma’lumotnoma yoki COVID-19 ga nisbatan manfiy test talab qilinardi.

    May oxirida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan viza rejimini joriy qilish haqidagi petitsiyani qo‘llab-quvvatladi. Petitsiya sahifaga 2022-yil 11-fevralda joylangan edi, Zelenskiy unga 25-may kuni javob qildi.

    Iyun o‘rtalarida Zelenskiy o‘zining Telegram’dagi kanalida Rossiya bilan harbiy mojaro fonida hukumatga Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishi rejimini qayta ko‘rib chiqish masalasini ishlab chiqishni taklif qilgani haqida yozdi. Ushbu bayonotdan biroz o‘tib, Zelenskiyning idorasi rahbari qaror Ukraina Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganini e’lon qildi.

    24-fevral kuni ertalab Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshladi, shundan keyin Zelenskiy harbiy holat rejimini e’lon qildi va Rossiya bilan diplomatik aloqalar uzilganini ma’lum qildi. 22-may kuni Oliy rada Ukrainadagi harbiy holatni 23-avgustgacha uzaytirdi.

    Visit Ukraine portal ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy holat amal qilayotgan vaqtda mamlakatda aviaqatnovlar to‘xtatilgan, ammo mamlakatga chet el fuqarolarining yer usti transporti bilan kirishi va chiqishiga ruxsat berilgan. Polsha, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya va Moldova bilan chegaralardagi Ukraina o‘tkazish punktlari ishlashda davom etmoqda, biroq Rossiya, Belarus va tan olinmagan Pridnestrovye respublikasi bilan chegaralardagi o‘tkazish punktlari yopilgan.

    14-mart kuni Ukrainaga Rossiya hududidan nashriyot mahsulotlari olib kirish va tarqatish taqiqlandi, 10-aprelda esa mamlakat Rossiyadan mahsulotlar importini to‘liq taqiqlagani ma’lum qilindi.

    Mavzuga doir: AQSH 500 nafar rossiyalik mansabdorga qarshi viza cheklovlari kiritilishini e’lon qildi

    01.07.2022, 11:27   Izoh (0)   11493
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bloomberg: Kiyev kuzgacha 1,4 mlrd dollar davlat qarzini to‘lashi kerak

    01.07.2022, 11:11

    Avstraliya Putinning qarindoshlariga va Alina Kabayevaga qarshi sanksiyalar kiritdi

    01.07.2022, 10:57

    Odessaga raketa zarbasi berildi. Oqibatda 17 kishi halok bo‘ldi

    01.07.2022, 10:40

    Kissinjer Ukrainadagi nizoni tugatishning uchta yo‘lini aytib o‘tdi

    01.07.2022, 10:10

    Ispaniyada Ryanair kompaniyasi xodimlarining ish tashlashi sabab 50 ta samolyot reyslari bekor qilindi

    01.07.2022, 09:28

    AQSH moliya vazirligi Suleyman Kerimovga aloqador 1 mlrd dollarlik trastni blokladi

    01.07.2022, 09:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyaga bordi

    Dunyo | 13 avgust, 20:05

    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

    Reklama | 13 avgust, 19:30

    Dollar kursining pasayishi: O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun imkoniyatmi yoki xavf?

    Pul | 13 avgust, 19:56

    “Manchester Yunayted” Keynni APLga qaytarmoqchi

    Sport | 13 avgust, 19:47

    Belarus va Rossiya yadro qurolidan foydalanishni rejalashtirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazadi

    Dunyo | 13 avgust, 19:40

    Asossiz yechib olingan pullar bugun kun oxirigacha soliq to‘lovchilarga qaytariladi — Soliq qo‘mitasi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 19:24

    Ruhiy qashshoqlik nima va undan nega zudlik bilan qutulish kerak?

    Maslahatlar | 13 avgust, 19:22

    Qozog‘iston hukumati Kaspiy dengizi muammolarini o‘rganish uchun 560 ming dollar ajratdi

    Dunyo | 13 avgust, 19:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.