Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani va Samarqand shahrida noqonuniy valyuta ayirboshlash holatlarining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Nishon tuman bo‘limi va viloyat IIB tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda valyuta qimmatliklarini muomalaga kiritish faoliyati shug‘ullanib kelayotgan B.N. boshqa bir fuqaro B.ga jami 10 ming dollarni 109,5 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bundan tashqari, Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.V. valyuta qimmatliklarini muomalaga kiritish faoliyati shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan. U jami 3 ming dollarni fuqaro A.ga 32,7 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi