Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning qator hududlarida valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda  bir necha valyutafurushlar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Xususan, Toshkentning Shayxontohur tumani, Jarariq ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.I. va N.N. oldindan o‘zaro til biriktirib, 3 600 dollarni fuqaro SH.ga 40 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.Z. 3 400 dollarni fuqaro A.ga 37,5 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanida DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda esa, fuqaro A.R. 3 000 dollarni 33,3 million so‘mga fuqaro O.ga sotgan vaqtida ushlanib, jami 3 100 dollar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shundan, Mirishkor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar K.D. va T.M. o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.ga 3 300 dollarni 36,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yuqoridagi fuqarolarning harakatlari bo‘yicha olib borilgan tezkor kuzatuvlarda ular doimiy ravishda valyuta qimmatliklarini qonunga zid ravishda ayirboshlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu moddaga ko‘ra, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish jinoyatini takroran sodir etganlar

BHMning 300 baravaridan 500 yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5  yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Qatarlik investorlar “Manchester Yunayted”ni sotib olishga jiddiy kirishgan. Bu ularga 8 mlrd funtdan ko‘proqqa tushishi mumkin
Dunyo
Kim Chen In qizi va rafiqasi bilan armiya komandirlarining qarorgohiga tashrif buyurdi (foto)
Mahalliy
BMT Termizdan Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi