Aktyor Maykl Jey Foks 2022-yilning noyabrida Jin Xersholt nomidagi gumanitar mukofotni — Amerika kinoakademiyasi kinematografiya san’atiga qo‘shgan hissasi uchun topshiradigan faxriy “Oskar”ni qabul qilib oladi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar berdi.
Mukofot, shuningdek, rejissor Piter Uir (“Truman tomoshasi”), qo‘shiqchi va shoira Dayan Uorren, rejissor Ezan Palsi (“Quruq oq mavsum”)ga topshiriladi.
“Kelajakka qaytib” yulduzi uchun bu Amerika kinoakademiyasining birinchi mukofoti bo‘ladi.
“Maykl Jey Foksning Parkinson kasalligini tatqiq etish bo‘yicha tinimsiz yordami va uning cheksiz optimizmi bir kishi millionlab odamlarning kelajagiga qanday ta’sir qilishi mumkinligiga misoldir”, — deydi Amerika kinematografiya akademiyasi prezidenti Devid Rubin.
1991-yili 30 yoshda bo‘lgan Maykl Jey Foksga Parkinson tashxisi qo‘yilgan. U bu haqda ommaga 1998-yilda ma’lum qilgan, keyinroq esa “Parkinson kasalligini tatqiq etish bo‘yicha Maykl Jey Foks fondi” jamoat tashkilotiga asos solgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Semyuel L.Jekson kinematografga qo‘shgan ulkan hissasi uchun faxriy “Oskar”ga sazovor bo‘lgandi.
Izoh (0)