O‘zbekistonda 30 yilda doimiy yashovchi aholi sonida shahar joylarida yashovchilar soni oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 1991-yilda mamlakatimiz aholisining 40,3 foizi shahar joylarda istiqomat qilgan. 2022-yilga kelib bu ko‘rsatkich 50,9 foizga yetgan.
Avvalroq Toshkent shahridan to‘rt oy ichida viloyatlarga necha kishi ko‘chib ketgani, ko‘proq necha yoshdagilar nikohlanayotgani, oilalarning aksariyati nechta bolali ekanligi ma’lum qilingandi.