• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Konstitutsiyada alohida qayd etilishi rejalashtirilayotgan “Xabeas korpus”. Bu qanday norma?

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlarda prezident “Xabeas korpus” institutini rivojlantirish taklifini ham bildirdi. Ko‘pchilik bu qanday institut ekanligini bilmasligi mumkin. Bugun “Xabeas korpus” instituti haqida ma’lumot beramiz.

    Xabeas korpus bu — ingliz jinoyat-protsessual huquqi instituti bo‘lib, shaxs daxlsizligi tamoyili bilan chambarchas bog‘liq sanaladi, u anglo-sakson huquqiy oilasining boshqa mamlakatlari huquqiy tizimlariga ham kiritilgan. “Xabeas korpus”ni oddiy tushuntiradigan bo‘lsak, unga ko‘ra, qamoqqa olingan shaxs yoki uning nomidan boshqa bir fuqaro nima sababdan hibsga olinayotgani yoki qamoqqa olish to‘g‘risidagi hujjat bo‘yicha sudga murojaat qilishi va hibsga olish yoki ushlab turishning qonuniyligini tekshirish uchun maxsus sud qarorini talab qilishi mumkin. Ya’ni gumonlanuvchi ma’lum sabab bilan hibsga olinganidan so‘ng uni ushlab turishlari qonuniyligini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Sudning qarori bo‘lmagan taqdirda shaxsni 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin bo‘lmaydi.

    Xabeas korpus nomi (xabere — “ega bo‘lmoq” va korpus ,- “tana” so‘zlaridan) lotincha habeas corpus ad subjiciendum iborasining bir qismi bo‘lib, “qo‘lga olingan shaxs haqida sudga taqdim etish” ma’nosini bildiradi. Fuqarolik huquqi yurisdiksiyalarining aksariyati noqonuniy hibsga olinganlar uchun shunga o‘xshash himoya vositalaridan foydalanadi, biroq ular har doim ham xabeas korpus deb atalavermaydi. Ba’zi ispan tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda nohaq qamoqqa olish uchun amparo libertad (“erkinlikni himoya qilish”) muqobil normasi qo‘llaniladi.

    Tarix

    Angliyada Xabeas korpusi institutidan 15-asrdan beri doimiy ravishda foydalanib kelinadi. Dastlab u shaxslar, asosan feodallar va ularga bo‘ysunuvchilar tomonidan buzilgan erkinlikni tiklash vositasi sifatida ishlatilgan, ammo Genrix VII davridan boshlab u Qirol tomonidan shaxsni kuzatib borishda qo‘llanilgan. Biroq, 1679-yilgi qonunga qadar (Xabeas korpus qonuni), xabeas korpusni berish o‘zlari mustaqil bo‘lmagan sudyalarning ixtiyoriga qo‘yilgan. Bunday farmonni chiqarish masalasi ko‘pincha kechiktirilgan. Bundan tashqari, sudyaning buyrug‘ini bajarmaslik hech qanday javobgarlikka sabab bo‘lmagan. Bu kabi huquqiy kafolatlarning yetishmasligi Tyudorlar va Styuartlarning mutlaq hukmronligi davrida ayniqsa ochiqchasiga namoyon bo‘ldi. Aynan shu tamoyilga rioya qilmaslik 1627-yilda mashhur siyosatchi J.Xempdenning hibsga olinishi va 1628-yil 29-martda Jamoat palatasi rezolyutsiyasining qabul qilinishida g‘azablarga sabab bo‘lgan, unda shunday deyilgan:

    Hech bir ozod odam qamoqqa olinmaydi yoki hibsda ushlab turilmaydi. Qirol yoki Maxfiylik kengashining buyrug‘i bilan hech kimning ozodligi hech qanaqasiga cheklanishi mumkin emas... hibsga olish yoki ozodlikni cheklash uchun qonuniy sabablar ko‘rsatilmasa.

    Xabeas korpus buyrug‘ini hech kim inkor eta olmaydi; u qamoqqa olinishi, hibsda ushlab turilishi kerak bo‘lgan har bir shaxsning iltimosiga binoan ... qirolning, xususiy kengashning yoki boshqa birovning buyrug‘i bilan berilishi kerak.

    Agar ozod shaxs qamoqqa olinganida yoki hibsda ushlab turilganida, qonuniy sabab ko‘rsatilmagan bo‘lsa va bu shu shaxsga berilgan xabeas korpus asosida aniqlangan bo‘lsa, u butunlay ozod qilinishi yoki garov evaziga qo‘yib yuborilishi kerak.

    Ushbu rezolyutsiyalar 1628-yildagi huquq to‘g‘risidagi petitsiyaga kiritilgan va keyinchalik ingliz inqilobi hujjatlarida ko‘p marta takrorlangan.

    1668-yilda xabeas korpus akt loyihasi sifatida Jamoat palatasiga kiritilgan, ammo qonun sifatida tan olinmagan. 1670 va 1675-yillarda yana ikkita shunga o‘xshash qonun loyihasi Lordlar palatasi tomonidan rad etilgan. Nihoyat, 1679-yilda shaxs manfaatlarini qirollik o‘zboshimchaliklaridan himoya qiluvchi Xabeas korpus akti rasman qabul qilingan.

    Britaniyalik huquqshunos Albert Vann Disi (1835—1922) 1679-yilda qabul qilingan Xabeas Korpus aktini “hech qanday prinsiplarni anglatmaydi va huquqlarni belgilamaydi, ammo amaliy nuqtai nazardan ular shaxsning huquq erkinligini kafolatlaydigan yuzlab konstitutsiyaviy moddalarning o‘rnini bosa oladi”, deb yozgan edi.

    1679-yilgi qonun kuchga kirganida uni mustamlaka mamlakatlarga taalluqli emas deb hisoblashgan, shuning uchun 1700-yilgacha Britaniya hukumati mustamlaka bo‘lgan, jumladan, AQSHning ham aktni kuchga kiritishga bo‘lgan bir necha urinishlarini rad etdi. 1710-yildan keyin esa siyosat o‘zgargan va Virjiniya (Aleksandr Spotsvud), Shimoliy Karolina va Janubiy Karolina gubernatorlari ushbu huquqni mustamlakalarga tarqatish to‘g‘risida bayonotlar chiqarishgan. Biroq AQSH Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan davrda bu huquq faqat Janubiy Karolinada amal qilgan. Negadir koloniyalar bu huquqqa unchalik ahamiyat bermagan. U faqat 1809-yilda Merilendda, 1815-yilda Nyu-Hempshirda, 1822-yilda Rod-Aylendda, 1821-yilda Konnektikutda, 1836-yilda Shimoliy Karolinada rasmiy kuchga kirgan.

    AQSHda Xabeas korpus Konstitutsiyaga kiritilgan. Unga ko‘ra, bu huquqning to‘xtatilishi bosqin yoki isyon (favqulodda holat) sodir bo‘lgan taqdirdagina mumkin.

    23.06.2022, 20:38   Izoh (0)   15914
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda uy-joy uchun subsidiya olib berishini aytib, fuqarodan 1700 dollar olgan shaxs ushlandi

    23.06.2022, 20:27

    O‘zbekistondagi qancha mahallada bog‘cha yo‘qligi ma’lum qilindi

    23.06.2022, 19:46

    “Italiyalik ekspertlar Yevropaning ko‘p shaharlaridan ko‘ra Toshkentda yashillik darajasi baland deb baho berdi” – Ekoqo‘mita raisi Narzullo Oblomurodov

    23.06.2022, 18:28

    Energetika vazirligi xodimi “o‘zbeklarning puliga muhtoj emasmiz, pul more” degan so‘zlariga izoh berdi

    23.06.2022, 18:20

    Kimlarga xorijga chiqish uchun biometrik pasport bepul berilishi ma’lum qilindi

    23.06.2022, 17:53

    Amir Temur qurdirgan maqbara, uchar kinoteatr, muzeyga aylantirilgan shahar. Turkiston shahridan fotoreportaj

    23.06.2022, 17:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.