Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida qimor o‘yini tashkil qilgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 17-iyun kuni tuman Farg‘ona viloyati IIB, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Jarayon davomida “Qurilish” MFY hududida yashovchi Q.A. yashash uyi hovlisida xo‘roz o‘yini uchun maxsus joy tashkil etib, fuqarolar F.S. va R.Sh.ni 1 million so‘mdan pul tikib xo‘rozlarini urishtirishlariga sharoit yaratib bergani aniqlangan. Xo‘roz o‘yini uchun tikilgan jami 5 205 000 so‘m pul daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Q.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yuqoridagi kabi jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izoh (0)