Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

2022-yil yanvar—aprel oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida 3055 kishi ko‘chib ketgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahridan ko‘chib ketish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 433 kishiga (12,4 foizga) kamaygan. Toshkent shahridan hududlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni:

  • Toshkent viloyati – 2274 kishi;
  • Qashqadaryo viloyati – 131 kishi;
  • Xorazm viloyati – 79 kishi;
  • Surxondaryo viloyati – 78 kishi;
  • Buxoro viloyati – 76 kishi;
  • Samarqand viloyati – 73 kishi;
  • Navoiy viloyati – 58 kishi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 57 kishi;
  • Andijon viloyati – 55 kishi;
  • Jizzax viloyati – 55 kishi;
  • Farg‘ona viloyati – 52 kishi;
  • Sirdaryo viloyati – 36 kishi;
  • Namangan viloyati – 31 kishi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35,4 million kishini tashkil etmoqda. Doimiy aholining 17 607 934 nafari ayollar, 17 825 838 nafari erkaklardir. 1 kilometr kvadrat yer maydoniga o‘rtacha 78,9 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda 2022-yilning may holatiga ko‘ra, 70 467 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi