Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida YPX inspektori tomonidan qidiruvdagi shaxs aniqlandi.
2022-yilning 19-iyun kuni Yangiyoʻl shahrida YPX inspekori F.Mirpoʻlatov tomonidan tekshirish maqsadida Toyota Prado” rusumli avtomobil toʻxtatilgan.
Haydovchi toʻgʻrisida maʼlumotlar planshet bazasiga kiritilganda, haydovchi 1987-yilda tugʻilgan Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro Q.B ekani, u Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan ayblanib, Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani prokuraturasi tomonidan qidiruv eʼlon qilinganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ushbu shaxs Yangiyoʻl shahar IIBga topshirildi.
Izoh (0)