Hujumchi Sadio Mane “Liverpul”dan “Bavariya”ga o‘tdi. Bu haqida Myunxen klubi rasmiy sayti ma’lum qildi.
30 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan 2025-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq “Bavariya” senegallik futbolchi uchun ingliz klubiga 32 million yevro va 9 million yevro bonus to‘lashi ma’lum bo‘lgandi. Sadio yangi jamoasida yiliga 20 million yevro (soliqlar bilan hisoblaganda) maosh oladi.
Mane 2016-yildan 2022-yilga qadar “Liverpul” sharafini himoya qilgan. Mersisaydliklar safida 6 ta sovrin qo‘lga kiritgan, jumladan, APL va Chempionlar Ligasida ham zafar quchgan.
Sadio Mane 2021/22-yilgi mavsum ingliz jamoasi safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda ishtirok etib, 23 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)