Buyuk Britaniyada tennis bo‘yicha “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi Uimbldon musobaqasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekistonlik Nigina Abduraimova 21-iyun kuni saralash bosqichida o‘z ishtirokini boshladi. Abduraimova saralashning dastlabki bosqichida turkiyalik Ipek O‘zga qarshi kortga chiqdi.
Unda o‘zbekistonlik sportchi 0:6, 6:4, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Nigina ikkinchi davrada lixtenshteynlik Katinka von Dixmanga qarshi bahs olib boradi.
Avvalroq o‘zbekistonlik tennischi Tunisning Monastir shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi ITF tasnifiga kiruvchi musobaqa g‘olibiga aylangandi.
Izoh (0)