Yevrokomissiya Ukrainaga YI a’zoligiga nomzod davlat maqomi berilishi mumkin, deya hisoblaydi. Bu haqda Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi. Uning nutqi Yevropa Komissiyasining Twitter sahifasida efirga uzatildi.
Yevrokomissiya Ukrainaga qonunchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bilan bog‘liq bir qator shartlarni hisobga olgan holda ushbu maqomni berishni tavsiya qilishini ta’kidladi. Fon der Lyayenning aytishicha, xuddi shu tavsiya Moldova uchun ham berilgan.
Yevrokomissiya Gruziyaga YIga nomzod davlat maqomini berishga hozircha tayyor emas. Agar Gruziya bir qator shartlarni bajarsa, bu masalaga qaytish mumkin bo‘ladi.
Ukraina va Moldovaning Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod davlat maqomini olish yoki olmaslik haqidagi qaror 23—24-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitda Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari tomonidan hal qilinadi.
Izoh (0)