Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda, u qo‘shni davlatga bostirib kirgani yo‘q, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BBC bilan suhbatda.
“Biz Ukrainaga bostirib kirganimiz yo‘q. G‘arbga Ukrainani NATOga jalb qilib, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanayotganini tushuntirishga imkonimiz qolmagach, maxsus harbiy operatsiyani e’lon qildik”, — dedi Lavrov.
Vazirning ta’kidlashicha, Rossiyada “boshqa tanlov qolmagandi” va Moskva buni “ko‘p marta, ming marta tushuntirgan”.
“Hozir G‘arb qurollari bilan Ukraina rejimi tinch aholiga, shaharlarga hujum qilmoqda”, — deya da’vo qildi Lavrov.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy harakatlar olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “harbiy operatsiya”ning maqsadini Donbass aholisini himoya qilish, shuningdek, qo‘shni davlatni demilitarizatsiya va “denasifikatsiya” qilish deb atagan.
Urush mobaynida Rossiya deyarli butun Xerson viloyatini va Zaporojye viloyatining muhim qismini nazorat ostiga oldi. Donbass uchun jangda Rossiya Lugansk viloyatini deyarli to‘liq egallab oldi, Donetsk viloyatida esa o‘z nazorati ostidagi hududlarni kengaytirdi.
Izoh (0)