• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Hakam, uning qo‘lqoplarini tekshir”. Boks tarixidagi eng katta aldov haqida

    1983-yilning 16-iyun kuni, bundan roppa-rosa 39 yil ilgari Nyu-Yorkdagi “Medison Skver Garden”da Luis Resto va Billi Kollinz o‘rtasida jang bo‘lib o‘tadi. Kollinz jang oldidan favorit sifatida qayd etilgandi, bu vaqtga kelib, u birorta ham mag‘lubiyatga uchramagandi. Biroq irlandiyalik laqabini olgan yosh jangchi kutilmaganda mag‘lubiyatga uchraydi: uning puerto-rikolik raqibi dahshatli zarba berish imkoniyatlarini namoyish etgan holda 10 raund yakunlariga ko‘ra ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritadi. Jang tugagach, Resto hurmat ko‘rsatish uchun raqibi va ​​uning murabbiy-otasiga yaqinlashadi. Katta-Kollinz Restoni yengilgina bag‘riga bosar ekan, tasodifan uning qo‘lqoplariga qo‘li bilan tegib ketadi, keyin esa ularni yaxshilab ushlab ko‘radi va baland ovozda qichqiradi. Aynan shu tarzda boks tarixidagi eng katta mojarolardan biri boshlangan.

    Kichik-Billi Kollinz Amerika jamoatchiligining tom ma’nodagi yoqimtoyi edi. Endigina 21 yoshga to‘lganiga qaramay irlandiyalik jangchi allaqachon 14 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan, ulardan 11 tasi esa nokaut bilan yakunlangandi. Billining yorqin va tajovuzkor jang uslubi unga ilgari boksda yorqin faoliyat olib borgan otasi tomonidan singdirilgandi. Luis Resto kichik Kollinz uchun faoliyatidagi navbatdagi sovrin bo‘lishi kerak edi. Puerto-Rikolik 28 yoshli sportchi mahoratli sanalsa-da, osmondan yulduz olib tushadigan darajada bo‘lmagan. 20-8-1 statistikasi bilan u asta-sekinlik bilan tajribali degan nomni olishga tayyorlanayotgandi, shu bilan birga u muxlislarga unchalik ham yaxshi tanish bo‘lmagan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jang arenadagi 25 ming tomoshabin kutganidan butunlay boshqacha ssenariy ostida kechdi. Kollinz haqiqatan ham tezroq va yengilroq harakatlanar va ko‘p zarbalar berardi. Resto mohirlik bilan himoyalana olmasa ham, har xolda o‘zi tomon uchib kelayotgan zarbalarga osonlik bilan “turib bera olardi”. O‘z navbatida, sekin harakatlanuvchi Puerto-Riko vakili kuchi hatto televizor orqali ham sezish mumkin bo‘lgan dahshatli zarbalariga tayandi. Birinchi raunddan keyinoq Kollinzning yuzida jiddiy gematomalar paydo bo‘ldi va bu daqiqadan-daqiqaga o‘sib boraverdi. Irlandiyalik o‘jarlik bilan oldinga borishda davom etdi, tezkor seriyalarni amalga oshirdi, biroq raqibining kuchli “pushka”si oldida shunchaki ojiz qolardi. Jangning oxiriga kelib, Kollinzning ahvoli ayanchli darajaga kelib qoladi: ko‘zlari oqib tushadi, tinkasi quriydi va tobora ko‘proq zarar ko‘raveradi. Biroq uning murabbiylari taslim bo‘lish haqida o‘ylamaydi ham, shu tariqa jang to‘liq 10 raund davom etadi.

    Gongdan so‘ng darhol Resto quvonch bilan murabbiyi Karlos “Panama” Lyuisning quchog‘iga otiladi. Quchoqlashdan keyin Luis olijanoblik bilan raqibi burchagiga ham boradi va uni bag‘riga bosib qo‘yadi. So‘ngra katta Billi Kollinzga ham hurmat ko‘rsatadi va iliq so‘zlar aytish bilan birga yelkasiga qoqib qo‘ydi. Murabbiy jilmayib javob qaytarar ekan, uni g‘olib bokschining qo‘lqopiga teginib ketgani to‘xtatib qoladi.

    U Restoning qo‘lidan ushlab, qo‘lqopni yaxshilab ushlab ko‘radi va shunday deb baqira boshlaydi: “Inspektor, inspektor. Bu qo‘lqoplarda yumshatuvchi vosita yo‘q. Jin ursin, bu la’nati qo‘lqoplarda hech qanday yumshatuvchi yo‘q. Hakamlar, buyoqqa qaranglar”. Resto o‘zini olib qochmoqchi bo‘ladi, biroq sobiq bokschining changali kuchlilik qiladi. Bir daqiqa oldin xursandchilikdan porlayotgan jangchi nochor ahvolda murabbiyi tomon qaraydi, uning yuzida faqat qo‘rquvni ko‘rish mumkin edi.

    Resto va uning murabbiyi sezdirmaygina arenadan chiqib ketmoqchi bo‘ladi, biroq inspektorlar ularning yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Panama Lyuis qo‘lqoplarni jang tashkilotchilari berganini iddao qilgan. Dastlabki tekshiruv hayratlanarli natijalarni beradi: qo‘lqopdan deyarli barcha yumshatuvchi yostiqchalar olib tashlangan. Shuning uchun Restoning bungacha mashhur bo‘lmagan zarbalari Kollinzning yuzini bir zumda bejab qo‘ygandi. 10 raund davomida deyarli yalang mushtlari bilan zarbalar olgan irlandiyalikning kuchidan hayratda qolish kerak. Jangdan bir necha yil o‘tgach, yana bir tafsilot paydo bo‘ladi. Unga ko‘ra Restoning bintlari gipsli eritma bilan namlangan bo‘lgan, buning natijasida musht qattiqlashib, haqiqiy “dubinka”ga aylanib qolgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jang natijasi bekor qilinadi, shundan so‘ng tergov harakatlari boshlanadi. Politsiya bokschi jamoasi faqatgina g‘alaba uchun emas, balki nopok niyatlar uchun ham bu ishga qo‘l urgan deb gumon qiladi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, jinoyat olamining “jiddiy odamlari” Restoning g‘alabasini xohlagan. Ular “ustunlik” haqida bilib, autsayder tomonga pul tikkan va tom ma’noda tuvagi tilladan bo‘lib ketishiga ishongan. O‘z navbatida bokschi va murabbiy ham o‘z ulushini olishi ko‘zda tutilgan. Sud qat’iy hukm chiqardi: Luis Resto aybdor deb topildi va ikki yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Panama Lyuisga esa ikki yil ko‘proq muddat berildi.

    Achinarlisi, mag‘lubiyatga uchragan bokschining hikoyasi bundan-da fojialiroq. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, kichik Billi Kollinz ko‘p sonli og‘ir zarbalar tufayli ko‘rish qobiliyatini qisman yo‘qotgan. Natijada, boksdagi faoliyatini zudlik bilan yakunlashiga to‘g‘ri kelgan. Muvaffaqiyatsizliklar fonida sportchi muntazam ravishda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish bilan birga kuchli depressiyani boshdan o‘tkazadi. Jangdan to‘qqiz oy o‘tmay, kichik Kollinz vafot etadi. U boshqarayotgan avtomobil katta tezlikda suv quvuriga borib uriladi. Kollinzning oilasi u o‘z joniga qasd qilgan degan taxminni ilgari surgan.

    Kollinzlar oilasini oldinda yana ko‘p yillar samarasiz sud jarayoni kutib turardi. Marhum bokschining otasi o‘g‘lining barbod bo‘lgan taqdiri uchun kompensatsiya olishga bel bog‘laydi. U dastlab qo‘lqop ishlab chiqaruvchi kompaniya ustidan sudga murojaat qiladi, biroq uning raqiblari jihozlar bokschilarga topshirilgandan so‘ng qo‘lqop tuzilishi o‘zgartirilganini ta’kidlagan. Keyinchalik, murabbiy jinoyatga olib kelgan ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan inspektorlarga qarshi kurashadi, u bu yerda pul va jazolashni talab qiladi. Biroq yana hech narsa sodir bo‘lmaydi: inspektorning vazifalarini juda noaniq ifodalash hech kimni jazolashga olib kelmaydi. Oila bir dollar ham ololmaydi.

    Luis Resto muddatini o‘tagach, qamoqdan ozod qilinadi. Deyarli 15 yil davomida sportga qaytish uchun qilingan harakatlardan keyin litsenziya oladi va sekundant vazifalarini bajara boshlaydi. Sobiq jangchi yosh avlod bilan ishlaydi va murabbiylik darajasiga ham ko‘tariladi. 2008-yilda u “Ringdagi ajal” hujjatli filmini suratga olishda ishtirok etishga rozi bo‘ladi. Puerto-rikolik u yerda murabbiyining qat’iy taklifi tufayli juda katta aldovga borganini tasdiqlaydi. U “ayyor qo‘lqoplar” bilan uchta jang o‘tkazgani va qo‘shimcha ravishda kuchli doping iste’mol qilganini ham tan oladi. Resto marhumning oilasidan samimiy kechirim so‘raydi va Billi Kollinzning qabrini ziyorat qiladi. 76 yoshli murabbiy Panama Lyuis bugungi kungacha ham tirik. U o‘z aybini butunlay rad etib keladi.

    16.06.2022, 23:55   Izoh (0)   24311
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eldor Shomurodovning “Roma”dan ketayotgani haqidagi xabar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi

    16.06.2022, 23:17

    Eldor Shomurodov A Seriyaning boshqa jamoasiga o‘tishi mumkin

    16.06.2022, 22:39

    “Unga misli ko‘rilmagan siyosiy va iqtisodiy bosim o‘tkazildi”. Florentino Peres Mbappening barbod bo‘lgan transferi haqida

    16.06.2022, 21:02

    FIFA Janubiy Koreya klubiga “Nasaf” hisob raqamiga 65 ming dollar to‘lab berish majburiyatini qo‘ydi

    16.06.2022, 19:10

    Angliya Premyer Ligasi 2022/23-yilgi mavsum uchun taqvimni e’lon qildi

    16.06.2022, 18:26

    Laziz Qo‘chqorov O‘zbekiston futbol hakamlari markaziga direktor etib tayinlandi

    16.06.2022, 17:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.