Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Finlyandiya prezidenti Saule Niinistyo mamlakat NATOga Shvetsiyadan alohida a’zo bo‘lmasligini aytdi. Bu ikki mamlakat may oyida alyansga a’zolik bo‘yicha ariza topshirgan edi.

Foto: NRK

Foto: NRK

“Aytishim mumkinki, Shvetsiyaning holati — bizning holatimiz. Bu oldinga birgalikda intilishimizni anglatadi”, — dedi Finlyandiya prezidenti.

Shuningdek, u Anqaraning Xelsinki va Stokgolm terrorchilarni qo‘llab-quvvatlayotgani haqidagi da’volari uni “hayratda qoldirganini” ta’kidladi.

“Turkiyaning pozitsiyasidan hayratda qoldik, lekin xalqaro siyosatda boshqa tomonning aytganini jiddiy qabul qilishimiz kerak. Shunday qilamiz ham. Umid qilamanki, barchani qoniqtiradigan yechim topamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Niinistyo.

Avvalroq Finlyandiya Anqaraning NATOga a’zo bo‘lish shartini bajarishdan — Turkiya hukumati terrorchilar bilan aloqadorlikda ayblayotgan odamlarni Turkiyaga topshirishdan bosh tortgani xabar qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)