Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo Turkiya Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga qarshi chiqishi o‘zi uchun kutilmagan bo‘lganini ma’lum qildi.

Saul Niinistyo

Saul Niinistyo
Foto: Getty Images

“Turkiyaning pozitsiyasi meni hayratda qoldirdi, ammo biz u tashvish bildirayotgan mavzularga jiddiy qarashimiz kerak” — dedi u yakshanba kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Shuningdek, Finlyandiya prezidenti Niinistyo “umid qilamizki, biz hammaga mos keladigan yechim topamiz” deya qo‘shimcha qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “a’zolik bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, Turkiya va Finlyandiya o‘rtasida hal qilinishi kerak bo‘lgan ko‘plab muhokamalar mavjud”. “Turkiya talabi bilan Finlyandiyada amalga oshirilgan ishlar haqida Turkiyaga iloji boricha ko‘proq aytib berish muhim”, — degan Niinistyo.

Niinistyo aytishicha, “Finlyandiyada boshqa NATO davlatlariga qaraganda terrorizm bilan bog‘liq muammolar ko‘p emas, shuning uchun ham ba’zan Turkiyaning fikrini tushunish qiyin”.

O‘z navbatida, Finlyandiyada tashrif bilan bo‘lgan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya haqida gapirar ekan, “har qanday xavotirni yo‘q qilish kerak”, deya qo‘shimcha qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi